TGViewer
UzA | Sport UzA | Sport @uzasport · 9.53K subscribers
Post #6313 2.1K
Frenki de Yong yaqin kunlarda maydonga qaytishi mumkin

«Barselona» yarim himoyachisi Frenki de Yong jarohatidan tiklanish jarayonining yakuniy bosqichiga yetib keldi.

Barca Universal nashrining xabar berishicha, 29 yoshli niderlandiyalik futbolchining tiklanish jarayoni muvaffaqiyatli kechmoqda. Yakshanba kuni de Yong yana jamoaning umumiy mashg‘ulotlarida ishtirok etdi va hech qanday noqulaylik sezmadi.

Shunga qaramay, yarim himoyachi UEFA Chempionlar ligasi doirasida Turkiyaning «Galatasaroy» klubiga qarshi bo‘lib o‘tadigan navbatdagi uchrashuv uchun Istanbulga yo‘l olmaydi. Mazkur bahs seshanba kuni o‘tkaziladi.

«Barselona» bosh murabbiyi Hans-Diter Flik avvalroq ta’kidlaganidek, de Yongning maydonga qaytishi shanba kuni La Liga doirasida «Betis»ga qarshi kechadigan uchrashuvga to‘g‘ri kelishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, niderlandiyalik futbolchi yoz oylaridan buyon rasmiy uchrashuvlarda maydonga tushmayapti.

🏦O‘zbek va jahon sportiga oid eng so‘nggi yangiliklar: @Uzasport
  • 👍 1
More from @uzasport
  1. Oct 12, 2026⚽️Elit OCHL, 2-tur 🇸🇦«An-Nasr» — 🇺🇿«Neftchi» — 0:0 🟢 1. Uchrashuv boshlandi! 13. Mezb…
  2. Oct 12, 2026RASMIY XABAR Uchrashuvni davom ettirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Bahs qayta boshla…
  3. Oct 12, 2026"An-Nasr" — "Neftchi" uchrashuvi boshlanishi kechiktirildi Saudiya Arabistonining Riyod sh…
  4. Oct 12, 2026Uchrashuv boshlanishi ma'lum sabablarga ko'ra kechikmoqda. 🏦O‘zbek va jahon sportiga oid…
  5. Oct 12, 2026⚽️Elit OCHL, 2-tur 🇸🇦«An-Nasr» — 🇺🇿«Neftchi» Asosiy tarkiblar ma'lum Bahs 23:15'da sta…
  6. Oct 12, 2026🏆 Elit OCHL | 2-tur 🇺🇿 "Paxtakor" 1:1 "Al Qodisiya" 🇸🇦 Uchrashuv statistikasi 🏦O‘zbe…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →