TGViewer
UzA | Sport UzA | Sport @uzasport · 9.52K subscribers
Post #6315 2.05K
Vinchenso Montella 🇹🇷 Turkiya terma jamoasi bilan xayrlashdi: «Sen doimo yuragimda qolasan»

Turkiya milliy terma jamoasi bosh murabbiyligidan ozod etilgan italiyalik mutaxassis Vinchenso Montella ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali xayrlashuv murojaatini e’lon qildi.

9-oktabr kuni 52 yoshli mutaxassisning Turkiya terma jamoasi bosh murabbiyligidan ketgani rasman ma’lum qilingan edi.

«Har bir go‘zal hikoyaning bir kuni yakuni bo‘ladi. Ammo ayrim sayohatlar futboldan ham muhimroq iz qoldiradi. Turkiya terma jamoasini boshqarish men uchun katta sharaf bo‘ldi.

Uch yil avval menga ushbu ajoyib mamlakat milliy jamoasini boshqarish ishonib topshirildi. Menga ishongan, qo‘llab-quvvatlagan va bu yo‘lni boshlashimga yordam bergan Turkiya futbol federatsiyasining sobiq prezidenti Mehmet Buyukekshi hamda uning hamkasblariga samimiy minnatdorlik bildiraman.

Futbolchilarga fidoyiligi, mehnatsevarligi va terma jamoaga sadoqati uchun alohida rahmat aytmoqchiman. Faoliyatim yakunlanganidan keyin ularning ko‘pchiligi yo‘llagan iliq so‘zlar o‘rtamizda qanchalik mustahkam munosabatlar shakllanganini yana bir bor ko‘rsatdi.

Murabbiylar shtabim va barcha xodimlarga kundalik mehnati uchun, federatsiyaning amaldagi prezidenti Ibrohim Ethem Hajiusmono‘g‘li hamda Turkiya futbol federatsiyasiga bildirilgan ishonch uchun minnatdorman. Albatta, butun dunyo bo‘ylab bizni qo‘llab-quvvatlagan, cheksiz ishtiyoqi bilan kuch bag‘ishlagan muxlislarimizga ham rahmat.

Biz birgalikda unutilmas lahzalarni boshdan kechirdik, tarixiy natijalarga erishdik, qiyinchiliklarni yengib o‘tdik va mamlakat futboli tarixining o‘ziga xos sahifasini yaratdik. Bu xotiralar hamda turk xalqining menga ko‘rsatgan mehrini bir umr qalbimda saqlayman.

Futbol faqat natijalar va sovrinlardan iborat emas. Ishonchim komilki, murabbiy mamlakatni tark etganidan keyin odamlarning unga bo‘lgan munosabati ham maydondagi yutuqlari kabi muhimdir.

Umid qilamanki, futbolchilar va murabbiylar shtabi bilan birgalikda ulashgan hissiyotlarimiz tufayli turk xalqi meni mehr va hurmat bilan eslaydi. Rahmat, Turkiya! Sen doimo yuragimda qolasan»,

— deb yozdi Montella.

Italiyalik mutaxassis Turkiya terma jamoasini 2023-yildan buyon boshqarib kelayotgan edi. Uning qo‘l ostida jamoa Yevro-2024 chorak finaliga qadar yetib borgan.

🏦O‘zbek va jahon sportiga oid eng so‘nggi yangiliklar: @Uzasport
More from @uzasport
  1. Oct 12, 2026Elit OCHL. "Neftchi" Ar-Riyodda "An-Nasr"ga imkoniyatni boy berdi (GOLLAR VIDEOSI) Farg‘on…
  2. Oct 12, 2026Uchrashuv 3:1 hisobida mezbonlar foydasiga yakunlandi. 🏦O‘zbek va jahon sportiga oid eng…
  3. Oct 12, 2026Gooooooooollll Alisher Odilov hisobni qisqartirdi. Bu yerda hechqanday ofsayd bo'lishi mum…
  4. Oct 12, 2026⚽️Elit OCHL, 2-tur 🇸🇦«An-Nasr» — 🇺🇿«Neftchi» — 3:1 🟢 1. Uchrashuv boshlandi! 13. Mezb…
  5. Oct 12, 2026🇸🇦 «An-Nasr» — 🇺🇿 «Neftchi» uchrashuvida mezbonlar birinchi bo'limda 2:0 hisobida g'al…
  6. Oct 12, 2026Afsuski, gol ofsayd sabab bekor qilindi. 🏦O‘zbek va jahon sportiga oid eng so‘nggi yangil…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →