TGViewer
UzA | Sport UzA | Sport @uzasport · 9.53K subscribers
Post #6347 1.82K
Elit OCHL. "Neftchi" Ar-Riyodda "An-Nasr"ga imkoniyatni boy berdi (GOLLAR VIDEOSI)

Farg‘onaning "Neftchi" klubi Elit OCHL 2-turida safarda Saudiya Arabistonining "An-Nasr" jamoasiga 1:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Ar-Riyoddagi uchrashuvda mezbonlar birinchi bo‘limdayoq Anjelo va Krishtianu Ronalduning gollari evaziga ikki to‘p farqi bilan oldinga chiqdi.

Tanaffusdan so‘ng zaxiradan maydonga tushgan Alisher Odilov 51-daqiqada "Neftchi"ning javob golini urdi. Biroq 65-daqiqada Ikrom Aliboyev qizil kartochka olib, farg‘onaliklarni bir kishi kam qoldirdi.

78-daqiqada Anvarjon G‘ofurov to‘pni o‘z darvozasiga yo‘llab qo‘ydi va yakuniy hisob 3:1 ko‘rinishini oldi.

Shu tariqa, "Neftchi" Elit OCHLdagi dastlabki mag‘lubiyatini qabul qilib oldi va ikki turdan so‘ng 3 ochkoga (7-o'rin) ega bo‘lib turibdi.

🏦O‘zbek va jahon sportiga oid eng so‘nggi yangiliklar: @Uzasport
  • ❤ 4
  • 🤔 3
  • 👍 1
More from @uzasport
  1. Oct 13, 2026Legionerlarimizning kechagi o‘yinlari: Masharipov va Ashurmatov g‘alaba qozondi, Hamrobeko…
  2. Oct 13, 2026⚽ Kechagi o‘yinlarda qayd etilgan natijalar — 12-oktabr ⚽️ Osiyo Chempionlar ligasi Elit �…
  3. Oct 13, 2026🇺🇿 “Neftchi” bosh murabbiyi Islom Ismoilov 🇸🇦 “An-Nasr”dan uchralgan magʻlubiyatdan so…
  4. Oct 12, 2026Uchrashuv 3:1 hisobida mezbonlar foydasiga yakunlandi. 🏦O‘zbek va jahon sportiga oid eng…
  5. Oct 12, 2026Gooooooooollll Alisher Odilov hisobni qisqartirdi. Bu yerda hechqanday ofsayd bo'lishi mum…
  6. Oct 12, 2026⚽️Elit OCHL, 2-tur 🇸🇦«An-Nasr» — 🇺🇿«Neftchi» — 3:1 🟢 1. Uchrashuv boshlandi! 13. Mezb…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →