Legionerlarimizning kechagi o‘yinlari: Masharipov va Ashurmatov g‘alaba qozondi, Hamrobekov to‘liq o‘ynadi
12-oktabr kuni Osiyo Chempionlar ligasi Elit musobaqasining 2-tur uchrashuvlarida o‘zbekistonlik legionerlar ham ishtirok etdi.
Jaloliddin Masharipov va Rustam Ashurmatov — ⚽️ «Istiqlol» (Eron)
Eronning «Istiqlol» klubi safarda Qatarning «Al-G‘arafa» jamoasini 2:1 hisobida mag‘lub etdi.
Har ikki futbolchimiz uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi. Jaloliddin Masharipov 53-daqiqada zaxiraga olindi, Rustam Ashurmatov esa himoya chizig‘ida to‘liq o‘yin o‘tkazdi.
Uchrashuvda «Istiqlol»ning gollariga 37-daqiqada Yosir Asani va 60-daqiqada Abolfazl Gudarzi mualliflik qildi. Mezbonlarning yagona golini 48-daqiqada Ferjani Sassi kiritdi.
Odil Hamrobekov — ⚽️ «Traktor» (Eron)
Eronning «Traktor» klubi Qatarning «Al-Shamal» jamoasi bilan golsiz durang qayd etdi — 0:0.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Odil Hamrobekov uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi va 90 daqiqa davomida maydonda harakat qildi.
Mazkur durang «Traktor» uchun joriy mavsumdagi Osiyo Chempionlar ligasi Elit musobaqasida qo‘lga kiritilgan dastlabki ochko bo‘ldi.
🏦O‘zbek va jahon sportiga oid eng so‘nggi yangiliklar: @Uzasport
Post #6350
1.64K

- ❤ 1