«Liverpul» klubining sobiq yarim himoyachisi Stiven Jerrard «Manchester Siti»ning Angliya Premyer-ligasi moliyaviy qoidalarini buzish bilan bog‘liq ishi yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdi.
Jerrardning fikricha, Manchester klubini Chempionshipga tushirib yuborish adolatli yechim bo‘lmaydi.
«Ularni Chempionshipga tushirishni adolatli deb hisoblamayman. Chunki bunday vaziyatda ular Premyer-ligaga qaytish uchun ajratilgan uchta yo‘llanmadan birini egallashi mumkin. Bu boshqa klublarga nisbatan adolatsizlik bo‘ladi. Shuningdek, Chempionship jamoalarining har hafta ular bilan to‘qnash kelishi ham adolatdan emas.
Menimcha, ularga nisbatan jazo bevosita Premyer-ligada qo‘llanishi kerak. Bu bir necha mavsum davom etadigan cheklovlar bo‘lishi mumkin.
Bu eng to‘g‘ri qaror deb aytmayman, ammo mening fikrim shunday. Klubga yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazishni taqiqlash, belgilangan muddat davomida ochkolarini olib tashlash kerak. Ular ham so‘nggi to‘qqiz-o‘n yil davomida boshqa klublarga qo‘llangan jazolarning oqibatlarini his qilishi lozim»
— dedi Jerrard.
Eslatib o‘tamiz, «Manchester Siti»ga nisbatan moliyaviy ma’lumotlarni noto‘g‘ri taqdim etish, futbolchilar va murabbiylarga to‘lovlar hamda moliyaviy nazorat talablariga rioya qilmaslik bilan bog‘liq ko‘plab ayblovlar ilgari surilgan.
🏦O‘zbek va jahon sportiga oid eng so‘nggi yangiliklar: @Uzasport
