🇪🇸 «Barselona» Benyamin Sheshkoni transfer qilishga qiziqish bildirmoqda
Ispaniyaning «Barselona» klubi Angliyaning «Manchester Yunayted» jamoasida to‘p surayotgan sloveniyalik hujumchi Benyamin Sheshkoni transfer qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
TuttoJuve nashri ma’lumotlariga ko‘ra, kataloniyaliklar 23 yoshli futbolchining 2027-yildagi ehtimoliy transferi yuzasidan dastlabki aloqalarni o‘rnatgan. Sheshkoga Italiyaning «Yuventus» klubi ham qiziqish bildirmoqda.
Xabarlarga ko‘ra, Turin klubi futbolchini qo‘lga kiritish borasida faolroq harakat qilmoqda. Biroq hozircha hech bir klub «Manchester Yunayted»ga rasmiy taklif yubormagan.
Ingliz klubi Sheshkoni taxminan 75 million yevroga baholayotgani aytilmoqda. Futbolchining «Manchester Yunayted» bilan amaldagi shartnomasi 2030-yilgacha mo‘ljallangan.
Shuningdek, El Nacional nashriga tayanib tarqatilgan xabarlarda «Barselona» bosh murabbiyi Xansi Flikning sloveniyalik hujumchiga qiziqishi ortib borayotgani ta’kidlangan.
🏦O‘zbek va jahon sportiga oid eng so‘nggi yangiliklar: @Uzasport
Post #6357
2.12K

- ❤ 5
- 👎 2
- 😁 1