TGViewer
UzA | Sport UzA | Sport @uzasport · 9.45K subscribers
Post #6375 1.92K
⭐️ Legionerlarimiz: Husanov Chempionlar ligasida, Mahamadjonov Rossiya kubogida, Sergeyev va O‘runov esa Eron Pro-ligasida navbatdagi o‘yinlarini o‘tkazadi

Bugun, 14-oktabr kuni xorijiy klublarda faoliyat olib borayotgan to‘rt nafar o‘zbekistonlik futbolchining jamoalari xalqaro va milliy musobaqalar doirasida navbatdagi uchrashuvlarini o‘tkazadi.

Abduqodir Husanov — UEFA Chempionlar ligasi

Angliyaning «Manchester Siti» klubi UEFA Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 2-turida Fransiyaning «Pari Sen-Jermen» jamoasini qabul qiladi. Uchrashuv Manchester shahridagi «Etihad» stadionida Toshkent vaqti bilan 15-oktabrga o‘tar kechasi soat 00:00 da boshlanadi.

«Manchester Siti» Angliya Premyer-ligasidagi so‘nggi uchrashuvini 11-oktabr kuni «Liverpul»ga qarshi o‘tkazib, 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. Mazkur bahsda Abduqodir Husanov zaxira o‘rindig‘ida qoldi va maydonga tushmadi.

Mahmudjon Mahamadjonov — Rossiya kubogi

Rossiyaning «Dinamo Mahachqala» klubi mamlakat kubogining navbatdagi turida Sankt-Peterburgning «Zenit» jamoasini qabul qiladi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 20:30 da boshlanadi.

Mahmudjon Mahamadjonov «Dinamo»ning 10-oktabr kuni «Orenburg»ga qarshi o‘tkazgan uchrashuvida asosiy tarkibda maydonga tushib, 90 daqiqa harakat qildi. O‘sha bahs «Orenburg»ning 4:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan.

Igor Sergeyev va Oston O‘runov — Eron Pro-ligasi

Eron chempionatining navbatdagi turida Tehronning «Persepolis» klubi safarda «Xeybar» jamoasiga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 18:30 da boshlanishi ko‘rsatilgan.

«Persepolis» 9-oktabr kuni Eron Pro-ligasi doirasida «Sanat Naft» jamoasini 3:1 hisobida mag‘lub etdi.

Mazkur uchrashuvda o‘zbekistonlik futbolchilar samarali harakatlari bilan ajralib turishdi. Oston O‘runov raqib darvozasini ishg‘ol qilgan bo‘lsa, Igor Sergeyev jamoasining dastlabki goliga assist qayd etdi.

Legionerlarimizning bugungi o‘yinlari:

🇮🇷 Eron Pro-ligasi
18:30 | Xeybar – Persepolis
👤 Igor Sergeyev, Oston O‘runov

🇷🇺 Rossiya kubogi
20:30 | Dinamo Mahachqala – Zenit
👤 Mahmudjon Mahamadjonov

🔵 UEFA Chempionlar ligasi
00:00 | Manchester Siti – PSJ
👤 Abduqodir Husanov

🏦O‘zbek va jahon sportiga oid eng so‘nggi yangiliklar: @Uzasport
  • 👍 3
  • ❤ 1
More from @uzasport
  1. Oct 14, 2026Odil Ahmedov: Rossiya bilan kelishuvga yaqin turibmiz O‘zbekiston milliy terma jamoasi noy…
  2. Oct 14, 2026🔵OCHL2. 🔵«Nasaf» «Al-Vahda»ga yengildi (GOLLAR VIDEOSI) Qarshining «Nasaf» klubi OCHL2 2…
  3. Oct 14, 2026Uchrashuv yakunlandi! «Nasaf» o'z uyida mag'lub bo'ldi. 🏦O‘zbek va jahon sportiga oid eng…
  4. Oct 14, 2026Sardorbek Bahromov uzoq masofadan darvozani ishg'ol qilib, oradagi farqni qisqartirdi! Gol…
  5. Oct 14, 2026Goooooollll
  6. Oct 14, 2026🔵OCHL2, A guruhi, 2-tur 🇺🇿«Nasaf» - 🔴«Al-Vahda» - 1:2 🟢 1. Uchrashuv boshlandi! 23. M…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →