Saudiya Arabistonining «Al-Nassr» klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Osiyo Chempionlar ligasi Elit turnirining 2-turida O‘zbekistonning «Neftchi» jamoasi ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida fikr bildirdi.
12-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuvda «Al-Nassr» o‘z maydonida Farg‘ona vakillarini 3:1 hisobida mag‘lub etdi. Portugaliyalik hujumchi ham mazkur bahsda raqib darvozasini ishg‘ol qildi.
Ushbu gol 41 yoshli Ronalduning professional faoliyatidagi 981-goli bo‘ldi.
«Bu muhim g‘alaba bo‘ldi. Jamoamiz shakllanishda davom etmoqda»,
— deb yozdi Ronaldu ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Ikki tur yakuniga ko‘ra, «Al-Nassr» va «Neftchi» hisobida 3 ochkodan mavjud.
Navbatdagi tur uchrashuvlari 26-oktabr kuni bo‘lib o‘tadi. Unda «Al-Nassr» BAAning «Al-Vasl» klubini qabul qilsa, «Neftchi» o‘z maydonida Saudiya Arabistonining «Al-Ittihod» jamoasiga qarshi bahs olib boradi.
🏦O‘zbek va jahon sportiga oid eng so‘nggi yangiliklar: @Uzasport
