TGViewer
UzA | Sport UzA | Sport @uzasport · 9.45K subscribers
Post #6378 1.89K
🏴󠁧󠁢󠁥󠁮󠁧󠁿 «Manchester Siti» — PSJ 🇫🇷: jamoalarning so‘nggi beshta o‘zaro uchrashuvida qanday natijalar qayd etilgan?

Bugun, 14-oktabr kuni 🇪🇺 UEFA Chempionlar ligasi 2026/2027-yilgi mavsumi umumiy bosqichining 2-turi doirasida Angliyaning «Manchester Siti» hamda Fransiyaning «Pari Sen-Jermen» klublari o‘zaro bahs olib boradi.

Uchrashuv Manchester shahridagi «Etihad» stadionida bo‘lib o‘tadi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 15-oktabrga o‘tar kechasi soat 00:00 da boshlanadi.

Mazkur bahs oldidan jamoalarning so‘nggi beshta o‘zaro uchrashuvida qayd etilgan natijalarga e’tibor qaratamiz.

So‘nggi beshta o‘zaro uchrashuv:

• 22.01.2025 — PSJ 4:2 «Manchester Siti»
• 24.11.2021 — «Manchester Siti» 2:1 PSJ
• 28.09.2021 — PSJ 2:0 «Manchester Siti»
• 04.05.2021 — «Manchester Siti» 2:0 PSJ
• 28.04.2021 — PSJ 1:2 «Manchester Siti»

Ushbu beshta uchrashuvning uchtasida «Manchester Siti», ikkitasida esa PSJ g‘alaba qozongan. Angliya klubi raqib darvozasiga 8 ta, Parij jamoasi ham 8 ta gol urgan.

Jamoalarning eng so‘nggi o‘zaro bahsi 2025-yil 22-yanvar kuni Parijda o‘tkazilgan. O‘sha uchrashuvda PSJ 4:2 hisobida g‘alaba qozongan.

🏦O‘zbek va jahon sportiga oid eng so‘nggi yangiliklar: @Uzasport
  • ❤ 3
More from @uzasport
  1. Oct 14, 2026Odil Ahmedov: Rossiya bilan kelishuvga yaqin turibmiz O‘zbekiston milliy terma jamoasi noy…
  2. Oct 14, 2026🔵OCHL2. 🔵«Nasaf» «Al-Vahda»ga yengildi (GOLLAR VIDEOSI) Qarshining «Nasaf» klubi OCHL2 2…
  3. Oct 14, 2026Uchrashuv yakunlandi! «Nasaf» o'z uyida mag'lub bo'ldi. 🏦O‘zbek va jahon sportiga oid eng…
  4. Oct 14, 2026Sardorbek Bahromov uzoq masofadan darvozani ishg'ol qilib, oradagi farqni qisqartirdi! Gol…
  5. Oct 14, 2026Goooooollll
  6. Oct 14, 2026🔵OCHL2, A guruhi, 2-tur 🇺🇿«Nasaf» - 🔴«Al-Vahda» - 1:2 🟢 1. Uchrashuv boshlandi! 23. M…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →