Usmon Dembele 🇫🇷 PSJdagi o‘yin amaliyoti kamligidan norozi
Fransiyaning «Pari Sen-Jermen» klubi hujumchisi Usmon Dembele jamoada yetarlicha o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayotganidan norozi.
L’Équipe nashrining xabar berishicha, parijliklar bosh murabbiyi Luis Enrike 29 yoshli futbolchining muhim uchrashuvlarga optimal sport formasida yetib kelishini ta’minlash maqsadida unga tez-tez qo‘shimcha dam bermoqda.
Biroq Dembele murabbiyning bunday qaroridan mamnun emas. Fransiyalik hujumchi jismoniy tayyorgarligini yuqori darajada saqlab turish uchun oddiy uchrashuvlarda ham ko‘proq maydonga tushishi kerak, deb hisoblamoqda.
Futbolchining fikricha, muntazam o‘yin amaliyoti muhim bahslarda 90 daqiqa davomida yuqori sur’atni saqlab qolish va jismoniy jihatdan charchab qolmaslik uchun zarur.
Ma’lumot uchun, Usmon Dembele joriy mavsumda PSJ safida barcha musobaqalarda 7 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
🏦O‘zbek va jahon sportiga oid eng so‘nggi yangiliklar: @Uzasport
Post #6316
2.07K

- ❤ 3