Ronaldu 1000 ta gol marrasi atrofidagi bosimdan norozi ekanini aytdi
Krishtianu Ronaldu faoliyatidagi gollar sonini 1000 taga yetkazish masalasi atrofida yuzaga kelgan katta e’tibor unga yoqmayotganini bildirdi.
Portugaliya terma jamoasi hujumchisi CNN Portugal ga bergan intervyusida muxlislar va OAV uning hozirgi o‘yinlari hamda gollaridan ko‘ra, tarixiy marragacha yana nechta gol qolganiga ko‘proq e’tibor qaratayotganini ta’kidladi.
«Odamlar hozir qilayotgan ishlarimni va urayotgan gollarimni yetarlicha qadrlamayapti. Ularni 1000 ta golgacha yana qancha qolganim ko‘proq qiziqtiryapti. Bu menga yoqmaydi. Hammasi tabiiy ravishda kechishi kerak», — dedi Ronaldu.
Portugaliyalik futbolchi faoliyatini muayyan raqam ortidan quvishga bog‘lab qo‘ymoqchi emasligini ham qayd etdi.
«920, 925 yoki 930 ta gol uramanmi — buning farqi yo‘q. Men tarixdagi eng buyuk futbolchiman. Nuqta. Gol urish haqida gap ketganda, raqamlarning o‘zi hammasini ko‘rsatib turibdi. Men albatta 1000 ta golga yetishim shart, deb o‘ylamayman», — dedi u.
Shu tariqa, Ronaldu uchun 1000 gollik marradan ko‘ra, faoliyatining qolgan qismini ortiqcha bosimsiz davom ettirish muhimroq ekanini ta’kidladi.
🏦O‘zbek va jahon sportiga oid eng so‘nggi yangiliklar: @Uzasport
Post #6318
1.03K

- 🔥 8
- 👍 5
- ❤ 1
- 👎 1