TGViewer
UzA | Sport UzA | Sport @uzasport · 9.51K subscribers
Post #6314 1.77K
🇮🇹 «Yuventus» Kenan Yildiz uchun 150 million yevrogacha talab qilmoqda

Turinning «Yuventus» klubi hujumchisi Kenan Yildizni yaqin kelajakda boshqa jamoaga qo‘yib yuborishni rejalashtirmayapti.

Jurnalist Ekrem Konurning xabar berishicha, Italiya klubi 21 yoshli turkiyalik futbolchisining transferi uchun 120–150 million yevro talab qilishi mumkin.

Kenan Yildizga Yevropaning bir qator yetakchi klublari qiziqish bildirmoqda. Xususan, Madridning «Real» klubi, Myunxenning «Bavariya» jamoasi, shuningdek, Angliyaning «Arsenal» va «Tottenhem» klublari futbolchining holatini kuzatib bormoqda.

«Yuventus» esa o‘zining istiqbolli hujumchisini jamoada saqlab qolish niyatida.

Transfermarkt portali Kenan Yildizning bozor qiymatini 75 million yevroga baholamoqda. Futbolchining Turin klubi bilan amaldagi shartnomasi 2030-yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

🏦O‘zbek va jahon sportiga oid eng so‘nggi yangiliklar: @Uzasport
  • ❤ 2
More from @uzasport
  1. Oct 12, 2026⚽️Elit OCHL, 2-tur 🟡«Paxtakor» — 🇸🇦 «Al-Qodsiya» — 0:1 🟢 1. Uchrashuv boshlandi! 27. M…
  2. Oct 12, 2026"Paxtakor"ning qarshi hujumdan kiritgan, ammo hisobga olinmagan golini tomosha qiling. 🏦O…
  3. Oct 12, 2026Afsuski gol ofsayd sabab inobatga olinmadi. 🏦O‘zbek va jahon sportiga oid eng so‘nggi yan…
  4. Oct 12, 2026Gooooooollllll Stefan Chinedu qarshi hujumni gol bilan yakunladi. 🏦O‘zbek va jahon sporti…
  5. Oct 12, 2026Tijjani Reynders hisobni ochdi. 🏦O‘zbek va jahon sportiga oid eng so‘nggi yangiliklar: @U…
  6. Oct 12, 2026Saudiya klubining ofsayddan kiritgan goli. 🏦O‘zbek va jahon sportiga oid eng so‘nggi yang…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →