TGViewer
Channel Public Channel
Toshkent shahar FVBB | Rasmiy kanali

Toshkent shahar FVBB | Rasmiy kanali

@toshkentfvbb

Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi Axborot xizmati

Murojaat uchun: t.me/ToshkentFVBB?direct:
Subscribers
3.39K
Photos
14K
Videos
3.1K
Links
5.8K
Recent Posts 6 shown
Post #19238 552
KITOB — MA’NAVIYAT MANBAI

Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasida harbiy xizmatchilar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini oshirishga qaratilgan tadbirlar davom etmoqda.


Toshkent shahar “Bilim” axborot-kutubxona markazi mutaxassisi Ermetova Dilorom G‘anibayevna bosh boshqarmada tashkil etilgan kutubxonaga tashrif buyurib, uning faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Tashrif davomida hamkorlikni yanada rivojlantirish, harbiy xizmatchilarni mutolaaga keng jalb etish yuzasidan fikr almashildi.


Shuningdek, tashrif buyurgan mutaxassis tomonidan kutubxonaga turli janrdagi badiiy va ma’rifiy kitoblar sovg‘a qilindi. Mazkur kitoblar harbiy xizmatchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishini oshirishga xizmat qiladi.

Kitob — ma’naviyat manbai, tafakkur va kamolot kaliti!
  • 👍 3
Post #19233 372

Forwarded from FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI/МИНИСТЕРСТВО ПО ЧРЕЗВЫЧАЙНЫМ СИТУАЦИЯМ

Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor Azizbek Ikramov poytaxt metropolitenini yong‘in xavfsizligi nuqtai nazaridan ko‘zdan kechirdi

Bugun, 25-sentabr kuni Favqulodda vaziyatlar vaziri Azizbek Ikramov poytaxt metropolitenining bir nechta bekatlarida bo‘ldi. Vazir metropoliten xodimlari bilan suhbatlashdi, transport faoliyati jarayonida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan obyektlarni yong‘in xavfsizligi nuqtai nazaridan tekshirdi. Toshkent metropolitenida yong‘in va boshqa turdagi favqulodda vaziyatlarning oldini olishning eng zamonaviy va ishonchli tizimi mavjudligi qayd etildi.
—
Министр по чрезвычайным ситуациям генерал-майор Азизбек Икрамов осмотрел столичный метрополитен на предмет пожарной безопасности

Сегодня, 25 сентября глава МЧС Азизбек Икрамов побывал на нескольких станциях столичной подземки. Министр поговорил с персоналом метрополитена, проверил на предмет пожарной безопасности объекты, имеющие ключевое значение в процессе функционирования транспорта. Было отмечено, что в ташкентском метрополитене функционирует самая современная и надёжная система предупреждения пожаров и других видов ЧС.

➡️Boshqa yangiliklar

📱Fvv.uz | 📱Facebook | 📱Telegram | 📱Youtube |📱 instagram | 📱X.com
  • 👍 2
Post #19228 458

Forwarded from Rasmiy axborot

💝 Saida Mirziyoyeva: O‘zbekistonning eng asosiy kapitali – yosh avlod

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva BMTning Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA) rahbari Diene Keyta bilan uchrashdi.

Muloqotda demografik barqarorlikni ta’minlash, inson kapitalini rivojlantirish va yosh avlod uchun keng imkoniyatlar yaratish masalalari muhokama qilindi.

“O‘zbekistonning eng asosiy kapitali – uning yosh avlodi”, - dedi Saida Mirziyoyeva.


Ushbu salohiyat kelgusida demografik dividend manbaiga aylanishi uchun, avvalo, insonning, ayniqsa, ayollar va bolalarning salomatligi, ta’limi hamda xavfsizligiga bugundan investitsiya kiritish zarurligi ta’kidlandi.

Shuningdek, demografik jarayonlarni uzoq muddatli va manzilli rejalashtirish maqsadida demografik prognozlash tizimini yo‘lga qo‘yish hamda “Demografik dividend – 2050” strategiyasini ishlab chiqish rejalashtirilayotgani qayd etildi.

Mamlakat kelajagi nafaqat aholi soni, balki eng avvalo insonlar uchun yaratiladigan imkoniyatlar bilan belgilanadi.

https://t.me/Rasmiy_axborot_official
  • ❤ 1
  • 👍 1
Post #19227 693
Bugun, Chilonzor buyum bozorining (Ippodrom) bir nechta savdo bloklari elektr ta’minotidan uzildi. Mazkur obyektda Toshkent shahar FVBB mutaxassislari tomonidan yong‘in xavfsizligi qoidalarining bir qator qo‘pol buzilishlari aniqlangan bo‘lib, ular inson hayoti va salomatligiga xavf solishi mumkin. Bozorning elektr ta’minotidan qisman uzilishi sud qarori asosida amalga oshirildi. Aniqlangan barcha kamchiliklar bartaraf etilgach, savdo bloklarida elektr ta’minoti qayta tiklanadi.
—
С сегодняшнего дня несколько торговых рядов Чиланзарского вещевого рынка (Ипподром) отключены от электропитания. На данном объекте специалисты ГУЧС города Ташкента выявили ряд грубейших нарушений правил пожарной безопасности, которые несут угрозу здоровью и жизни людей. Основанием для частичного отключения рынка от электропитания послужило решение суда. После того, как все недостатки будут устранены, электропитание на торговых рядах будет восстановлено.
  • 👍 2
Post #19225 754
“Bunday holatlarda tanish-bilishchilik qilish qonunga xilof bo‘lib, jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.”

Agarda FVV tizimida korrupsion holatlarga guvoh bo’lsangiz 1109-ishonch raqamlariga xabar bering

👇 Obuna bo‘lishni unutmang
📱 @ToshkentFVBB
📱 Instagram
📱ToshkentFVBB.uz
Post #19221 750
Bugun, 25-sentyabr kuni Sergeli tumani FVB tomonidan, “Missionerlik — O‘zbekiston tinchligi va barqarorligiga tahdid” mavzusida ma’naviyat darsi o‘tkazildi.

Unda yot g‘oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirish, hushyorlik va milliy qadriyatlarni asrash masalalari ta’kidlandi.

Tadbir doirasida ko‘p yillik samarali va fidokorona mehnati e’tirof etilgan Qahhorova Hafiza Murodovna nafaqaga kuzatildi. Hamkasblari unga ezgu tilaklar bildirishdi.

Tinchlikni asrash — barchamizning sharafli burchimiz!
Fidokorona xizmat esa — ehtirom va hurmatga munosibdir!
  • 👍 2
Older posts →

About this channel

How can I read @toshkentfvbb without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for Toshkent shahar FVBB | Rasmiy kanali: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does Toshkent shahar FVBB | Rasmiy kanali have?
Toshkent shahar FVBB | Rasmiy kanali (@toshkentfvbb) has 3.39K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does Toshkent shahar FVBB | Rasmiy kanali know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →