Bugun, 25-sentyabr kuni Sergeli tumani FVB tomonidan, “Missionerlik — O‘zbekiston tinchligi va barqarorligiga tahdid” mavzusida ma’naviyat darsi o‘tkazildi.
Unda yot g‘oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirish, hushyorlik va milliy qadriyatlarni asrash masalalari ta’kidlandi.
Tadbir doirasida ko‘p yillik samarali va fidokorona mehnati e’tirof etilgan Qahhorova Hafiza Murodovna nafaqaga kuzatildi. Hamkasblari unga ezgu tilaklar bildirishdi.
Tinchlikni asrash — barchamizning sharafli burchimiz!
Fidokorona xizmat esa — ehtirom va hurmatga munosibdir!
Post #19221
778




- 👍 2