Bugun, 26-sentyabr kuni Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi boshlig‘ining alohida topshirig‘iga asosan Yunusobod tumani Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi 16-QQda harbiy xizmatchilar bilan Qurolli Kuchlarning Umumharbiy nizomlari bo‘yicha amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi.
Mashg‘ulotlar davomida harbiy xizmatchilarga harbiycha salomlashish, safdan chiqish va safga qaytish, yakka tartibda hamda guruh tarkibida harakatlanish kabi saf tayyorgarligi elementlari amaliy tarzda o‘rgatildi.
Shuningdek, mashg‘ulotlar davomida harbiy xizmatchilarning saf intizomi, buyruqlarni to‘g‘ri va aniq bajarishi hamda xizmat davomida harbiy nizom talablariga qat’iy rioya etishiga alohida e’tibor qaratildi.
Mazkur mashg‘ulotlar harbiy xizmatchilarning saf tayyorgarligi va intizomini mustahkamlash, xizmat vazifalarini belgilangan tartibda bajarish ko‘nikmalarini takomillashtirishga xizmat qiladi.





