TGViewer
Toshkent shahar FVBB | Rasmiy kanali Toshkent shahar FVBB | Rasmiy kanali @toshkentfvbb · 3.39K subscribers
Post #19228 378

Forwarded from Rasmiy axborot

💝 Saida Mirziyoyeva: O‘zbekistonning eng asosiy kapitali – yosh avlod

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva BMTning Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA) rahbari Diene Keyta bilan uchrashdi.

Muloqotda demografik barqarorlikni ta’minlash, inson kapitalini rivojlantirish va yosh avlod uchun keng imkoniyatlar yaratish masalalari muhokama qilindi.

“O‘zbekistonning eng asosiy kapitali – uning yosh avlodi”, - dedi Saida Mirziyoyeva.


Ushbu salohiyat kelgusida demografik dividend manbaiga aylanishi uchun, avvalo, insonning, ayniqsa, ayollar va bolalarning salomatligi, ta’limi hamda xavfsizligiga bugundan investitsiya kiritish zarurligi ta’kidlandi.

Shuningdek, demografik jarayonlarni uzoq muddatli va manzilli rejalashtirish maqsadida demografik prognozlash tizimini yo‘lga qo‘yish hamda “Demografik dividend – 2050” strategiyasini ishlab chiqish rejalashtirilayotgani qayd etildi.

Mamlakat kelajagi nafaqat aholi soni, balki eng avvalo insonlar uchun yaratiladigan imkoniyatlar bilan belgilanadi.

https://t.me/Rasmiy_axborot_official
  • ❤ 1
  • 👍 1
More from @toshkentfvbb
  1. Sep 25, 2026KITOB — MA’NAVIYAT MANBAI Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasida harbiy…
  2. Sep 25, 2026Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor Azizbek Ikramov poytaxt metropolitenini yong‘in…
  3. Sep 25, 2026Bugun, Chilonzor buyum bozorining (Ippodrom) bir nechta savdo bloklari elektr ta’minotidan…
  4. Sep 25, 2026“Bunday holatlarda tanish-bilishchilik qilish qonunga xilof bo‘lib, jinoiy javobgarlikka s…
  5. Sep 25, 2026Bugun, 25-sentyabr kuni Sergeli tumani FVB tomonidan, “Missionerlik — O‘zbekiston tinchlig…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →