TGViewer
Channel Public Channel
Farhod | Thinkroom

Farhod | Thinkroom

@the_farhod

Har qanday mavzuda.
O‘qish • Ish • Hayot

✦ Me: @s_farhodjon
✦ Shaxsiy: https://t.me/+zQ7-nCY-xWZkMWRi
Subscribers
7
Photos
32
Videos
7
Links
15
Recent Posts 14 shown
Post #142 28
Universitetga kirish va mas'uliyat.

Universitetga kirish haqida gaplashamiz. Kimdir mas'uliyatni bo'yniga olmaslik uchun o'qishga kiradi. Bu ham har kimda har xil bo'ladi.

Kimdir o'zining qiziqishiga qarab, yaxshi OTMlarda, yaxshi baholarga o'qiydi. Mutaxassis bo'lib chiqadi. Albatta bu u uchun qiyin va to'g'ri yo'l.

Yana kimdir pul topmaslik uchun, unga pul top, ish qil degan bosimda bo'lmaslik uchun, ha nima desa, o'qiyapman, studentman deyish uchun o'qishga kiradi. Juda zo'r a? Unga hechkim bosim qilmaydi. O'qiyapti tinch qo'y, deydi. 4yil bemalollik. 4 yildan keyinni ham o'ylamaydi. O'qigan o'qishi bo'yicha,ishga joylashadi. (Agar ish topilsa). Ular shunchaki nomigagina o'qish bo'lgan, balli past, o'zi umuman qiziqmagan o'qishlarda o'qishadi. Yana o'zicha kelajagini tuzib bo'lgan. Kelajakda yaxshi ishda ishlaydi, yaxshi pul topadi. Afsus, shunchaki hayolida Shuning uchun ham bizda professionallar kam.

Oʻqishga topshirish niyatida yurgan yoshlarga tavsiyam mas'uliyatdan qochmanglar. Ishlab pul topmaslik uchun, mas'uliyatdan qochib, o'zingiz uchun umuman kerak bo'Imagan, bali past, nomigagina o'qishlarda o'qimang. Buning oxiri siz o'ylagandek bo'lmasligi mumkin. Umuman yo'lingizni yo'qotib qo'yishingiz mumkin. Student bo'ldingiz degani, yorqin kelajak egasisiz degani emas. Agar nomigagina o'qisangiz, u diplom bilan beton quyishingiz yoki posuda yuvishingiz mumkin. Ha tirikchilik qilish uchun. Siz eng zo'r vaqtingizni bekorga sarflab yuborasiz. O'qishni bitirgach, qayta o'qishga vaqt bo'lmaydi. Uyog'i endi tirikchilik uchun majbur ishlaysiz, u ish sizga yoqadimi,yo'qmi endi farqi yo'q. U payt kech bo'ladi.

Nima demoqchiman. Oson bo'ladi deb, sifatsiz o'qishda o'qimang. Oxiri yaxshi emas. To'g'ri yo'l qanday. Siz qiziqgan va yuqori o'qishlarda, a'lo baholarga o'qing. Eng asosiysi yaxshi universitet tanlang. O'zingiz qiziqgan sohada ishlang, boshida qiyin bo'lishi mumkin, ha balkim ko'tarilish, yaxshi pul topish uchun 4-5yil ketishi mumkin. Lekin buning oxiri yaxshi. Boshqalar endi OTMni tugatib ishga joylashib, boshlang'ich oyligini olayotganda, siz professional bo'lasiz.

O'zimga keladigan bo'lsak. Tepada aytganimdek yoqtirgan universitetimda oʻqimasamda lekin tanlagan soham oʻzimga yoqadi. Ba'zi kasblarni egallash qiyin. Lekin pul topishdan qochib, tinchgina bilimsiz student bo'lishni tanlamadim. Nomigagina o'qishlarda, qiziqmagan sohamda ishlash, bu deyarli o'lim.

Gapimning muddaosini tushundingiz deb, o'ylayman. Oramizda sifatsiz o'qishda o'qiyotgan studentlar bo'lsa, tegib ketgan bo'lsa ham uzr so'ramayman:)

Oson yo'lni emas, to'g'ri yo'lni tanlab, mas'uliyatni olaylik.

P/s: fikrlarim xato bo'lish ehtimoli 0.01%

the_farhod.t.me
  • 👍 2
  • 🔥 1
Post #141 25
Yumor.

Albatta insonga yaxshi kayfiyat kerak. Hazil bilan hayot qiziqroq va zavqliroq.
Yaxshi kayfiyatga har kim har xil erishadi. Kimdir sayr qilib, kimdir musiqa bilan, sport. Va ijtimoiy tarmoqlardagi komiklarning ham o'rni bor. Lekin Oʻzbekistonda ijtimoiy tarmoqlardagi yumor judayam past ya'ni saviyasiz.

Men saviyali yumorni sevaman. Bu darajadagi komiklarni qo'llab, quvvatlayman va hurmat qilaman.

Bachkana hazilga esa asabim chidamaydi. Ular shunchaki yaxshiroq yumor qila olishmaganidan shunaqa hazillar qiladimi yoki shu kabi hazillar zo'r ketgani uchunmi, unisini bilmayman. Qanaqa hazillar haqida gap ketyatganini tushungandirsiz. 🔞 hazillar internetni bosib ketgan. Millionlab ko'rishlar.

Yaxshi yumorlar bularni orqasida ko'rinmay qolgan. Aytmoqchimanki juda kam. Muhimi bor, shunisi quvonarli!

P/s: Siz uchun yumor nima, hazilga qanday qaraysiz?

the_farhod.t.me
  • 👍 2
  • ⚡ 1
Post #139 33
Men Allohdan meni yaratayotganida futbol deb atalgan tomoshaga qiziqish genimni shartta qirqib tashlab yaratgani uchun o'la-o'lgunimcha minnatdor boʻlib yashasam kerak.

Futboldan falsafa, mantiq, din yana bir balolar izlayotganlarga qarab turib shunchaki bir-birini tushunmaydigan ikki xil tilda gapirayotgan odamni koʻrgandek boʻlaman.

Futbol muxlislari meni kechirishsinlar-u, lekin bu oʻyin qimmatli vaqtni oʻldirishdan boshqa narsa emas deb hisoblayman. Qolaversa futbol boshdan oyoq qimorga aylanib boʻlgan. Qimor oʻynagan hech qachon yutmaydi, faqat qimor oʻynatgan yutadi.

Oʻzbekistonda ham futbolga deb mlrdlab pul sarflanishini, ayrim hokimlarning futbolchilarga qoplab pul berishini, chet eldan falon mln dollarga murabbiy olib kelinishini gʻirt mantiqsizlik va samarasiz ish deb hisoblayman. Buning oʻrniga jamiyatga, xalqqa foydali ishlar bilan shugʻullanilsa maqsadga muvofiq boʻlarmidi?

the_farhod.t.me
  • ⚡ 2
  • 👍 1
Post #133 39
Hozirgi o'qiyotgan universitetimni bitirganimda baxtli bo'laman deyolmaymanku, lekin o'zimni yengil his qilsam kerak, chunki darsga kechikkanim va forma kiymaganim sabab universitetga kirishda ikkita tushuntirish xati yozmayman, auditoriyadagi kameralar obyektividan chetga qochishimga hojat qolmaydi, faqat NB sabab darsga kelishimga, o'qituvchilar bilan darslarining qanchalik zerikarli ekani, menga qiziq emasligini aytishimga hojat qolmaydi, qoldirilgan darslarni yopish uchun hemisga ariza qilishim shart bo'lmaydi. Kunimni yarmi universitetda tentirash bilan o'tmaydi, ishimga ko'proq vaqt va fokus ajrataman.

Tezroq bitirsam yaxshi bo'lardi. Universitetda judayam zerikdim. Avvalroq bir kishini 3-kurs holatida o'qishini tashlab chetga 1-kursdan qayta bakalavrga ketganini eshitgandim. Havas qilaman. Bugun talabalar kuni. Men uchun oddiy, hech nimaga arzimaydigan bayram bu, chunki o'zimni talaba deb ham hisoblamayman. Men bilim olmayapman universitetda, men vaqtimni o'tkazyapman, men jon saqlab yuribman, men tezroq darslar tugashini kutayotgan minglab shaxslardan biriman xolos.

the_farhod.t.me
Post #132 36
Yo-yo qalaysizlar?

Uzoq yillik tanaffusdan keyin va nihoyat kanal qaytdi. InshaAllah, IT va Marketing sohasiga oid tajribalarimni sizlar bilan aynan shu kanalda boʻlishib boraman.

the_farhod.t.me
Post #118 355
My laptop is a gaming laptop. Until now, I was using it inappropriately. Time to use it properly 😂
  • 😁 3
  • ⚡ 1
  • 🗿 1
  • 👾 1
Post #117 537
Qilmagan ishingizni natijasini so’ramang

Litseyda bir kursdoshim bo’lardi. Nimadir qilishdan oldin juda ko’p o’ylanardi.

Bir kuni mendan:
- “Agar har kuni matematikadan 50ta misol yechib, 50ta so’z yodlasam - Moliyaga grantga kiramanmi?“ deb so’radi.

Bunaqa savollaridan rosa charchagandim, shunda:
- “Agar kecha boshlaganingda shu ishlarni, aniq kirarding” deb javob berdim.

Hali ham o’sha gap - ko’p o’ylanmang, qilavering. Natija o’zi keladi.

© lazyprogrammer
  • 🔥 3
  • 👍 2
  • 💯 1
Post #115 484
Kechasi uxlamasdan dars qilishni oqibati 😁

@the_farhod
  • 🔥 7
  • 👍 3
  • 😁 3
  • 👨‍💻 1
Post #108 379
Yaxshi oʻqiganligim uchun iTeach'dan yana sovgʻa berishdi 😁

Ham bilim ham sovgʻa olmoqchi boʻlganlar iTeach academyga kelaveraslar 😉

@the_farhod
  • 🔥 5
  • 🎉 4
  • 👨‍💻 2
  • ⚡ 1
Post #100 424

Forwarded from Excelsior_uz

#kun_hikmati

Ilmni fursat bo‘lganda o‘rganish kerak, chunki ilm zarur bo‘lgan paytda fursat topilmaydi.

©Abdulloh ibn Mas’ud.
@excelsior_uz
  • 👍 3
  • 🔥 2
  • 👨‍💻 1
  • 🆒 1
Post #99 560
Qanday qilib hayotingizni 2 barobar yaxshilash mumkin?

1. Delete Facebook
2. Delete Instagram

qanday qilib 4 barobar yaxshilash mumkin?

3. Delete Tiktok
4. Delete Twitter

qanday qilib 5 barobar yaxshilash mumkin?

etc…
  • 👍 5
  • 🔥 2
  • 😁 2
  • 🆒 2
Post #94 393
Telegram lux copy

Telegram = Humo

Humogram, humobook, humotube larni ham kutib qolamiz 😁

the_farhod.t.me
  • 😁 3
  • 👍 1
  • 🔥 1
Older posts →

About this channel

How can I read @the_farhod without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for Farhod | Thinkroom: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does Farhod | Thinkroom have?
Farhod | Thinkroom (@the_farhod) has 7 subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does Farhod | Thinkroom know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →