Men Allohdan meni yaratayotganida futbol deb atalgan tomoshaga qiziqish genimni shartta qirqib tashlab yaratgani uchun o'la-o'lgunimcha minnatdor boʻlib yashasam kerak.
Futboldan falsafa, mantiq, din yana bir balolar izlayotganlarga qarab turib shunchaki bir-birini tushunmaydigan ikki xil tilda gapirayotgan odamni koʻrgandek boʻlaman.
Futbol muxlislari meni kechirishsinlar-u, lekin bu oʻyin qimmatli vaqtni oʻldirishdan boshqa narsa emas deb hisoblayman. Qolaversa futbol boshdan oyoq qimorga aylanib boʻlgan. Qimor oʻynagan hech qachon yutmaydi, faqat qimor oʻynatgan yutadi.
Oʻzbekistonda ham futbolga deb mlrdlab pul sarflanishini, ayrim hokimlarning futbolchilarga qoplab pul berishini, chet eldan falon mln dollarga murabbiy olib kelinishini gʻirt mantiqsizlik va samarasiz ish deb hisoblayman. Buning oʻrniga jamiyatga, xalqqa foydali ishlar bilan shugʻullanilsa maqsadga muvofiq boʻlarmidi?
the_farhod.t.me
Post #139
33
- ⚡ 2
- 👍 1