Hozirgi o'qiyotgan universitetimni bitirganimda baxtli bo'laman deyolmaymanku, lekin o'zimni yengil his qilsam kerak, chunki darsga kechikkanim va forma kiymaganim sabab universitetga kirishda ikkita tushuntirish xati yozmayman, auditoriyadagi kameralar obyektividan chetga qochishimga hojat qolmaydi, faqat NB sabab darsga kelishimga, o'qituvchilar bilan darslarining qanchalik zerikarli ekani, menga qiziq emasligini aytishimga hojat qolmaydi, qoldirilgan darslarni yopish uchun hemisga ariza qilishim shart bo'lmaydi. Kunimni yarmi universitetda tentirash bilan o'tmaydi, ishimga ko'proq vaqt va fokus ajrataman.
Tezroq bitirsam yaxshi bo'lardi. Universitetda judayam zerikdim. Avvalroq bir kishini 3-kurs holatida o'qishini tashlab chetga 1-kursdan qayta bakalavrga ketganini eshitgandim. Havas qilaman. Bugun talabalar kuni. Men uchun oddiy, hech nimaga arzimaydigan bayram bu, chunki o'zimni talaba deb ham hisoblamayman. Men bilim olmayapman universitetda, men vaqtimni o'tkazyapman, men jon saqlab yuribman, men tezroq darslar tugashini kutayotgan minglab shaxslardan biriman xolos.
the_farhod.t.me
Post #133
39