Yumor.
Albatta insonga yaxshi kayfiyat kerak. Hazil bilan hayot qiziqroq va zavqliroq.
Yaxshi kayfiyatga har kim har xil erishadi. Kimdir sayr qilib, kimdir musiqa bilan, sport. Va ijtimoiy tarmoqlardagi komiklarning ham o'rni bor. Lekin Oʻzbekistonda ijtimoiy tarmoqlardagi yumor judayam past ya'ni saviyasiz.
Men saviyali yumorni sevaman. Bu darajadagi komiklarni qo'llab, quvvatlayman va hurmat qilaman.
Bachkana hazilga esa asabim chidamaydi. Ular shunchaki yaxshiroq yumor qila olishmaganidan shunaqa hazillar qiladimi yoki shu kabi hazillar zo'r ketgani uchunmi, unisini bilmayman. Qanaqa hazillar haqida gap ketyatganini tushungandirsiz. 🔞 hazillar internetni bosib ketgan. Millionlab ko'rishlar.
Yaxshi yumorlar bularni orqasida ko'rinmay qolgan. Aytmoqchimanki juda kam. Muhimi bor, shunisi quvonarli!
P/s: Siz uchun yumor nima, hazilga qanday qaraysiz?
the_farhod.t.me
Post #141
25
- 👍 2
- ⚡ 1