TGViewer
Farhod | Thinkroom Farhod | Thinkroom @the_farhod · 7 subscribers
Post #142 28
Universitetga kirish va mas'uliyat.

Universitetga kirish haqida gaplashamiz. Kimdir mas'uliyatni bo'yniga olmaslik uchun o'qishga kiradi. Bu ham har kimda har xil bo'ladi.

Kimdir o'zining qiziqishiga qarab, yaxshi OTMlarda, yaxshi baholarga o'qiydi. Mutaxassis bo'lib chiqadi. Albatta bu u uchun qiyin va to'g'ri yo'l.

Yana kimdir pul topmaslik uchun, unga pul top, ish qil degan bosimda bo'lmaslik uchun, ha nima desa, o'qiyapman, studentman deyish uchun o'qishga kiradi. Juda zo'r a? Unga hechkim bosim qilmaydi. O'qiyapti tinch qo'y, deydi. 4yil bemalollik. 4 yildan keyinni ham o'ylamaydi. O'qigan o'qishi bo'yicha,ishga joylashadi. (Agar ish topilsa). Ular shunchaki nomigagina o'qish bo'lgan, balli past, o'zi umuman qiziqmagan o'qishlarda o'qishadi. Yana o'zicha kelajagini tuzib bo'lgan. Kelajakda yaxshi ishda ishlaydi, yaxshi pul topadi. Afsus, shunchaki hayolida Shuning uchun ham bizda professionallar kam.

Oʻqishga topshirish niyatida yurgan yoshlarga tavsiyam mas'uliyatdan qochmanglar. Ishlab pul topmaslik uchun, mas'uliyatdan qochib, o'zingiz uchun umuman kerak bo'Imagan, bali past, nomigagina o'qishlarda o'qimang. Buning oxiri siz o'ylagandek bo'lmasligi mumkin. Umuman yo'lingizni yo'qotib qo'yishingiz mumkin. Student bo'ldingiz degani, yorqin kelajak egasisiz degani emas. Agar nomigagina o'qisangiz, u diplom bilan beton quyishingiz yoki posuda yuvishingiz mumkin. Ha tirikchilik qilish uchun. Siz eng zo'r vaqtingizni bekorga sarflab yuborasiz. O'qishni bitirgach, qayta o'qishga vaqt bo'lmaydi. Uyog'i endi tirikchilik uchun majbur ishlaysiz, u ish sizga yoqadimi,yo'qmi endi farqi yo'q. U payt kech bo'ladi.

Nima demoqchiman. Oson bo'ladi deb, sifatsiz o'qishda o'qimang. Oxiri yaxshi emas. To'g'ri yo'l qanday. Siz qiziqgan va yuqori o'qishlarda, a'lo baholarga o'qing. Eng asosiysi yaxshi universitet tanlang. O'zingiz qiziqgan sohada ishlang, boshida qiyin bo'lishi mumkin, ha balkim ko'tarilish, yaxshi pul topish uchun 4-5yil ketishi mumkin. Lekin buning oxiri yaxshi. Boshqalar endi OTMni tugatib ishga joylashib, boshlang'ich oyligini olayotganda, siz professional bo'lasiz.

O'zimga keladigan bo'lsak. Tepada aytganimdek yoqtirgan universitetimda oʻqimasamda lekin tanlagan soham oʻzimga yoqadi. Ba'zi kasblarni egallash qiyin. Lekin pul topishdan qochib, tinchgina bilimsiz student bo'lishni tanlamadim. Nomigagina o'qishlarda, qiziqmagan sohamda ishlash, bu deyarli o'lim.

Gapimning muddaosini tushundingiz deb, o'ylayman. Oramizda sifatsiz o'qishda o'qiyotgan studentlar bo'lsa, tegib ketgan bo'lsa ham uzr so'ramayman:)

Oson yo'lni emas, to'g'ri yo'lni tanlab, mas'uliyatni olaylik.

P/s: fikrlarim xato bo'lish ehtimoli 0.01%

the_farhod.t.me
  • 👍 2
  • 🔥 1
More from @the_farhod
  1. Jan 24, 2026Yumor. Albatta insonga yaxshi kayfiyat kerak. Hazil bilan hayot qiziqroq va zavqliroq. Yax…
  2. Jan 1, 2026Men Allohdan meni yaratayotganida futbol deb atalgan tomoshaga qiziqish genimni shartta qi…
  3. Nov 17, 2025Hozirgi o'qiyotgan universitetimni bitirganimda baxtli bo'laman deyolmaymanku, lekin o'zim…
  4. Nov 17, 2025Yo-yo qalaysizlar? Uzoq yillik tanaffusdan keyin va nihoyat kanal qaytdi. InshaAllah, IT v…
  5. May 21, 2023@the_farhod
  6. Apr 19, 2023My laptop is a gaming laptop. Until now, I was using it inappropriately. Time to use it pr…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →