TGViewer
Channel Public Channel
StartUpper

StartUpper

@startupper_uz

🚀 O‘zbekistondagi innovatsiyalar va startaplarga bag‘ishlangan mediaplatforma va qo‘shimcha ravishda shu kabilar.

Bog'lanish: @startupper_admin
Subscribers
3.67K
Photos
1.6K
Videos
271
Links
1.3K

Showing posts older than #2214 · Back to latest

Older Posts 8 shown
Post #2211 997
⚡️ O‘zi MVP nima?

MVP — bu katta loyihaning pul va vaqtni tejaydigan eng sodda ishchi namunasidir. Uning maqsadi darrov qimmat mahsulot yaratish emas, balki kichik bir yechim orqali odamlarga mahsulotingiz haqiqatda kerakmi yoki yo‘qligini bilib olishdir.

Sodda qilib aytganda, MVP — bu “hovli supurmasdan, to‘y boshlamaslik“ degani, ya‘ni katta xarajatga tushishdan oldin, xalqning talabini kichik qadam bilan tekshirib ko‘rishdir.

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
  • 🔥 7
  • 🤝 2
  • ⚡ 1
Post #2209 1.39K
#Startap

Talabalar o‘rtasida “Startap loyihalar” tanlovi tashkil etildi


Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filialida talabalar o‘rtasida “Startap loyihalar” tanlovi tashkil etildi. Tanlovning bosh maqsadi yoshlarning innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, ularni amaliy natijaga yo‘naltirish hamda ilmiy-texnik va tadbirkorlik salohiyatini rivojlantirishdan iborat bo‘ldi.

Shu asosda 18–30 yoshdagi ishtirokchilar yakka tartibda yoki 3 nafargacha bo‘lgan jamoa shaklida o‘z loyihalarini taqdim etdilar. Taqdim etilgan ishlanmalar dolzarbligi va amaliy ahamiyati, innovatsion yondashuvi, ixtirochilik qobiliyati hamda istiqbolliligi kabi mezonlar asosida kompleks baholandi.

Tanlov jarayoni belgilangan tartibda, ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida o‘tkazildi, yakuniy natijalar esa yaqin kunlarda rasman e’lon qilinadi.

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
  • ❤ 5
  • ⚡ 2
  • 👍 1
  • 🔥 1
  • 🤝 1
Post #2204 781
Post #2203 740
Hududingizda "Yoshlar kuni" munosabati bilan qanday tadbirlar o'tkazildi.

Kommentariga yuboring-chi 😉
  • ❤ 3
  • 👍 1
Post #2200 814
#Startap #Ilmiy_loyihalar

Talaba-yoshlar uchun ilmiy-innovatsion va startap loyihalar bo‘yicha seminar tashkil etildi


O'zbekiston Respublikasi
Huquqni muhofaza qilish
akademiyasi talaba-yoshlari uchun Innovatsion rivojlanish agentligi xodimlari ishtirokida ilmiy-innovatsion va startap loyihalarni shakllantirishga bag‘ishlangan seminar-trening tashkil etildi. Tadbir davomida loyiha g‘oyasini aniqlash va asoslash, muammoni tahlil qilish, maqsad va vazifalarni belgilash, kutilayotgan natijalarni shakllantirish hamda loyiha hujjatlarini to‘g‘ri rasmiylashtirish masalalari bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, davlat grantlari va tanlovlarda ishtirok etish tartibi, ariza topshirish jarayoni, baholash mezonlari, ustuvor yo‘nalishlar hamda loyihalarga investitsiya jalb qilish mexanizmlari haqida ma’lumot taqdim etildi. Seminar yakunida talabalar tomonidan berilgan savollarga batafsil javoblar berilib, loyihalarni amaliyotga joriy etish va moliyalashtirish imkoniyatlari yuzasidan qo‘shimcha izohlar taqdim etildi.

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
  • ❤ 2
  • 🎉 1
Post #2197 755
#Startap #innovatsion_tumanlar

Viloyat hokimi yosh startapchilar bilan uchrashmoqda


Ayni damda Samarqand shahridagi Yoshlar markazida viloyat hokimi Aziz Boboyev yosh startap tashabbuskorlari bilan uchrashuv o‘tkazmoqda.

Uchrashuvda hokim InnoX biznes-inkubatsiya va akseleratsiya dasturini muvaffaqiyatli yakunlagan loyihalar bilan tanishib, ularning ishlanmalari, erishgan natijalari va kelgusidagi rejalari bo‘yicha fikr almashmoqda.

Tadbirda Samarqand Yoshlar Texnoparki vakillari ham faol ishtirok etmoqda.

Uchrashuvning asosiy maqsadi — yoshlarning innovatsion tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, startap ekotizimini mustahkamlash va amaliy hamkorlikni rivojlantirish.

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
  • ⚡ 1
  • ❤ 1
Post #2191 752
#yoshlar_texnoparki

Talabadan — Startapchiga: Nukus Yoshlar texnoparki bilan yangi imkoniyatlar!

Nukus davlat texnika universitetida Nukus Yoshlar texnoparki tomonidan tashkil etilgan “G‘oyadan Startapgacha” seminar-treningi talabalarning innovatsion salohiyatini yangi bosqichga olib chiqdi. Tadbirning asosiy maqsadi — kreativ g‘oyalarni real biznes loyihalar va prototiplarga aylantirish yo‘lini ko‘rsatishdan iborat bo‘ldi.

Seminar davomida ishtirokchilar texnoparkdagi zamonaviy infratuzilma, amaliy tajriba maydonchalari hamda startaplarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari bilan tanishdilar. Spikerlar g‘oyani prototip darajasiga olib chiqish va uni bozorga tayyor startapga aylantirish bo‘yicha aniq tavsiyalar berib, so‘nggi innovatsion ishlanmalar haqida ma‘lumot berdilar.

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Older posts →
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →