Viloyat hokimi yosh startapchilar bilan uchrashmoqda
Ayni damda Samarqand shahridagi Yoshlar markazida viloyat hokimi Aziz Boboyev yosh startap tashabbuskorlari bilan uchrashuv o‘tkazmoqda.
Uchrashuvda hokim InnoX biznes-inkubatsiya va akseleratsiya dasturini muvaffaqiyatli yakunlagan loyihalar bilan tanishib, ularning ishlanmalari, erishgan natijalari va kelgusidagi rejalari bo‘yicha fikr almashmoqda.
Tadbirda Samarqand Yoshlar Texnoparki vakillari ham faol ishtirok etmoqda.
Uchrashuvning asosiy maqsadi — yoshlarning innovatsion tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, startap ekotizimini mustahkamlash va amaliy hamkorlikni rivojlantirish.
🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube


