TGViewer
SAMARQAND YOSHLAR TEXNOPARKI SAMARQAND YOSHLAR TEXNOPARKI @samytpuz · 229 subscribers
Post #981 95
🇺🇿 Davlat rahbarining tashabbusiga ko‘ra har payshanba — Yoshlar kuni

Mamlakatimizda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning tashabbus va innovatsion g‘oyalarini rag‘batlantirish maqsadida har payshanba kuni Yoshlar kuni sifatida belgilangan.

Shu munosabat bilan, Innovatsion rivojlanish agentligi huzuridagi Samarqand Yoshlar Texnoparkida tashkil etilgan InnoX biznes-inkubatsiya va akseleratsiya dasturini muvaffaqiyatli tamomlagan startap loyiha tashabbuskorlari bilan Samarqand viloyati hokimi ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.

🤝 Uchrashuv davomida:
🔹 startap loyihalarning taqdimoti o‘tkazildi;
🔹 erishilgan natijalar va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi;
🔹 yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash va innovatsion muhitni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Mazkur uchrashuv hududda startap ekotizimini mustahkamlash, yoshlarning ilmiy-texnik salohiyatini ro‘yobga chiqarish hamda innovatsion loyihalarni amaliy bosqichga olib chiqishda muhim ahamiyat kasb etdi.

samytp.uz | Telegram | Instagram
More from @samytpuz
  1. Oct 16, 2026🇺🇿 “MOHIRLIK VA BIZNES SOATI” — YOSHLAR UCHUN YANGI IMKONIYATLAR! ✨ Bugungi bilim — erta…
  2. Oct 11, 2026video post
  3. Oct 10, 2026🚂 Qashqadaryolik temir yo‘l xodimlari Samarqand yoshlar texnoparkida! 🖥 Kuni kecha Samar…
  4. Oct 10, 2026🇺🇿 “MOHIRLIK VA BIZNES SOATI” — YOSHLAR UCHUN YANGI IMKONIYATLAR! ✨ Bugungi bilim — erta…
  5. Oct 1, 2026🇺🇿 USTOZ VA MURABBIYLAR — KELAJAK BUNYODKORLARI! 🎉 Hurmatli ustozlar va murabbiylar! Si…
  6. Sep 25, 2026video post
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →