TGViewer
StartUpper StartUpper @startupper_uz · 3.67K subscribers
Post #2200 814
#Startap #Ilmiy_loyihalar

Talaba-yoshlar uchun ilmiy-innovatsion va startap loyihalar bo‘yicha seminar tashkil etildi


O'zbekiston Respublikasi
Huquqni muhofaza qilish
akademiyasi talaba-yoshlari uchun Innovatsion rivojlanish agentligi xodimlari ishtirokida ilmiy-innovatsion va startap loyihalarni shakllantirishga bag‘ishlangan seminar-trening tashkil etildi. Tadbir davomida loyiha g‘oyasini aniqlash va asoslash, muammoni tahlil qilish, maqsad va vazifalarni belgilash, kutilayotgan natijalarni shakllantirish hamda loyiha hujjatlarini to‘g‘ri rasmiylashtirish masalalari bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, davlat grantlari va tanlovlarda ishtirok etish tartibi, ariza topshirish jarayoni, baholash mezonlari, ustuvor yo‘nalishlar hamda loyihalarga investitsiya jalb qilish mexanizmlari haqida ma’lumot taqdim etildi. Seminar yakunida talabalar tomonidan berilgan savollarga batafsil javoblar berilib, loyihalarni amaliyotga joriy etish va moliyalashtirish imkoniyatlari yuzasidan qo‘shimcha izohlar taqdim etildi.

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
  • ❤ 2
  • 🎉 1
More from @startupper_uz
  1. Oct 15, 2026➡️ FinTech Hackathon 2026: 50 mln so’mlik mukofot jamg’armasi! Toshkentdagi Inha universit…
  2. Oct 14, 2026Startapingiz uchun 500 ming dollargacha sarmoya jalb qiling 📗 Agrobank va AgroVentures ko…
  3. Oct 13, 2026🏆 Robototexnika bo'yicha jahon chempionlari taqdirlandi Bugun INNO Texnoparkda FIRST Glob…
  4. Oct 13, 2026Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Yoshlarning innovatsiyalar ofisi faoliyati bilan tanis…
  5. Oct 12, 2026🤖 Claude endi bitta jumladan interaktiv mexanizm yasay oladi Claude Code uchun Anatomy no…
  6. Oct 12, 2026Erkinjon Turdimov: Ta’limdagi har bir o‘zgarish yoshlar hayotida sezilishi kerak Bugun O‘z…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →