📢📢📢📢📢📢
🇺🇿 Davlat rahbarining tashabbusiga ko‘ra har payshanba — Yoshlar kuni etib belgilangan. Endilikda har haftaning payshanba kuni vazirlik, idora va hokimliklarda yoshlar bilan ochiq muloqotlar, uchrashuvlar hamda amaliy tashabbuslar yo‘lga qo‘yilmoqda.
⬛️ Mazkur ezgu tashabbus doirasida Innovatsion rivojlanish agentligi huzuridagi Qarshi Yoshlar Texnoparki tashabbusi hamda Savdo-sanoat palatasi viloyat boshqarmasi hamkorligida texnopark binosida “Demo Day” tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida yosh startap tashabbuskorlari o‘z loyihalarini taqdim etib, ekspertlar va tadbirkorlar bilan ochiq muloqot olib bordi, fikr-mulohaza va amaliy tavsiyalar oldi.
♻️ Demo Day’da:
⭕️Qarshi Yoshlar texnoparki mas’ullari
⭕️Innovatsion rivojlanish agentligi Qashqadaryo viloyat bo‘linmasi
⭕️Savdo-sanoat palatasi viloyat boshqarmasi rahbariyati
⭕️Ekologiya vazirligi viloyat boshqarmasi rahbariyati
⭕️OTM faollari
⭕️Qarshi Global Biznes Inkubator xodimlari
⭕️Tashabbuskor tadbirkorlar hususan Arbat Hotel rahbari,
⭕️25 nafardan ortiq startapchi faol yoshlar taqdimot va MVPlari bilan qatnashishdi
🎁 Tadbir so‘ngida faol qatnashgan yoshlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.
💬 Bunday uchrashuvlar yoshlarning innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, ularni real biznes loyihalarga aylantirish hamda hududda startap ekotizimini rivojlantirishga xizmat qiladi.
🚀 Kelajak — tashabbuskor yoshlar qo‘lida!
@KaYoTechuz








