Talabalar o‘rtasida “Startap loyihalar” tanlovi tashkil etildi
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filialida talabalar o‘rtasida “Startap loyihalar” tanlovi tashkil etildi. Tanlovning bosh maqsadi yoshlarning innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, ularni amaliy natijaga yo‘naltirish hamda ilmiy-texnik va tadbirkorlik salohiyatini rivojlantirishdan iborat bo‘ldi.
Shu asosda 18–30 yoshdagi ishtirokchilar yakka tartibda yoki 3 nafargacha bo‘lgan jamoa shaklida o‘z loyihalarini taqdim etdilar. Taqdim etilgan ishlanmalar dolzarbligi va amaliy ahamiyati, innovatsion yondashuvi, ixtirochilik qobiliyati hamda istiqbolliligi kabi mezonlar asosida kompleks baholandi.
Tanlov jarayoni belgilangan tartibda, ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida o‘tkazildi, yakuniy natijalar esa yaqin kunlarda rasman e’lon qilinadi.
🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
