Prezident matbuot xizmati Ta’lim va ilm-fan vazirligini tashkil etish to‘g‘risidagi farmonda ta’lim sifatini oshirish, bozor talablariga mos ta’limni rivojlantirish hamda raqobat va xususiy sektor ishtirokini kengaytirish vazifalari belgilanganini ma’lum qildi.
Shu maqsadda Prezident Administratsiyasi huzurida Inson kapitalini rivojlantirish va uzluksiz ta’lim strategiyasi bo‘yicha umummilliy konsepsiyani ishlab chiqadigan maxsus ishchi guruh tashkil etilmoqda.
Unga Anglesey Food (Korzinka) kuzatuv kengashi raisi, Savdo va servis uyushmasi raisi Zafar Hoshimov jamoatchilik asosida rahbarlik qiladi.
Guruh tarkibiga tadbirkorlar, soha mutaxassislari, olimlar va xalqaro ekspertlar jalb etiladi:
https://www.spot.uz/oz/2026/10/03/zafar-hoshimov/
Telegram | Instagram | YouTube
