Urganch — Xiva yangi yo‘lida yengil avtomobillar va mototsikllar uchun yo‘l haqi pasaytirildi
Transport vazirligi Urganch — Xiva pulli avtomobil yo‘lidan foydalanish to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizomni tasdiqladi
Yengil avtomobillar va mototsikllar uchun yo‘l haqi qariyb 1,5 baravar kamaytirildi:
🌐to‘liq yo‘nalish — 17 600 so‘m (avval 26 400 so‘m);
🌐Yangiariqqacha bo‘lgan qisqa yo‘nalish — 14 520 so‘m (avval 21 120 so‘m).
Boshqa transport vositalari uchun tariflar o‘zgarishsiz qoldi. Yo‘l haqini kirishdagi to‘lov shoxobchasida, shaxsiy elektron hisob orqali avtomatik yoki yo‘l taloni yordamida to‘lash mumkin.
Qayd etilishicha, haydovchining elektron hisobi bo‘lmasa, operator to‘lov uchun kvitansiya yuboradi.
Yo‘l haqi 5 ish kuni ichida to‘lanishi kerak. Aks holda, kompaniya qarzdorlikni undirish uchun sudga murojaat qilishi mumkin:
https://www.spot.uz/oz/2026/10/03/khorezm-toll-road/
Telegram | Instagram | YouTube
Post #20146
377

- 👍 6
- ❤ 1
- 🔥 1