O‘zbekistonda yil boshidan buyon gaz, neft, ko‘mir va gaz kondensati qazib olish kamaydi
Yanvar-avgust oylarida tabiiy gaz qazib olish 16,3% ga qisqarib, 24,2 mlrd kub metrni tashkil qilgan.
Neft qazib olish 2,2% ga kamayib, 425 ming tonnani, gaz kondensati esa 14,8% ga kamayib, 648,3 ming tonnani tashkil etdi.
Ko‘mir qazib olish 10,2% ga kamayib, 4,4 mln tonnaga tushdi. Elektr energiyasi ishlab chiqarish 7,3% ga oshib, 60,5 mlrd kVt·soatga yetdi.
Joriy yilning sakkiz oyida dizel yoqilg‘isi ishlab chiqarish 6,1% ga oshib, 834,3 ming tonnani tashkil qildi
Portlandsement ishlab chiqarish 2,2% ga oshib, 14,1 mln tonnaga, avtomobil benzini ishlab chiqarish esa 4,6% ga oshib, 811,3 ming tonnaga yetdi:
https://www.spot.uz/oz/2026/10/03/energy-production/
Telegram | Instagram | YouTube
Post #20145
743

- 👍 2
- 🔥 2
- ❤ 1