Agentlik pochta operatorini xususiylashtirish haqidagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qildi.
Kompaniya aksiyalarining 92,9% iga egalik qilish va davlat ulushini xususiy qo‘llarga sotish bo‘yicha hujjatlar rasmiylashtirilmagan.
Shu bilan birga, UzPost moliyaviy jihatdan murakkab davrni boshdan kechirmoqda: rentabellik 0,2% gacha pasaygan.
Jarima xabarnomalarini pochta orqali yuborish to‘xtatilgani UzPost’ga 1,7 mlrd so‘m zarar keltirishi mumkin. Infratuzilmani yangilash uchun esa 300 mlrd so‘m kerak.
Davaktivga ko‘ra, WB Int Export vakillari UzPost’ga zamonaviy boshqaruv va investitsiyalarni jalb etishda yordam beradi.
Kompaniyaga 100 mlrd so‘mlik qarz foiz stavkasi va qaytarish jadvali kelishilmagani sababli tasdiqlanmagan.
“Qarz shartlari to‘liq aniqlashtirilgach, masala qayta ko‘rib chiqilishi mumkin”, — deyiladi agentlik xabarida:
https://www.spot.uz/oz/2026/10/03/uzpost-comment/
Telegram | Instagram | YouTube
