TGViewer
Spot.uz – biznes va texnologiyalar Spot.uz – biznes va texnologiyalar @spotuz_uz · 10.8K subscribers
Post #20144 965
Urganch aeroporti $242 mlnga modernizatsiya qilinib, ishlar 2028-yil oxirigacha yakunlanadi

Loyiha doirasida yangi yo‘lovchi terminali, yuk kompleksi va aerodrom infratuzilmasi quriladi, uchish-qo‘nish yo‘lagi hamda yoritish tizimi modernizatsiya qilinadi.

Loyihaning umumiy qiymati $242 mlnni tashkil etadi. Shundan $134 mln xususiy, $108 mln davlat sherigi hissasiga to‘g‘ri keladi. Uzbekistan Airports’ga koʻra, xususiy sherik mablag‘i yakuniy summa emas.

Qurilish materiallari narxi, ishchilarning ish haqi va soliq ma’murchiligidagi o‘zgarishlar sabab xarajatlar oshishi yoki kamayishi mumkin. Yakuniy qiymat 2028-yil oxirida loyiha topshirilgach aniqlanadi.

Agar loyiha $134 mlnlik kelishilgan summadan qimmatroqqa tushsa, xususiy sherik qo‘shimcha mablag‘ kiritadi. Aksincha, xarajatlar kamroq bo‘lsa, konsessiya to‘lovi miqdori oshadi.

Loyihaga koʻra, 22 yil davomida konsession to‘lovlar jami $408,75 mlnni tashkil etishi mumkin:

https://www.spot.uz/oz/2026/10/02/urganch-airport/

Telegram | Instagram | YouTube
  • 👍 7
  • 🤔 3
  • ❤ 2
  • 🔥 2
More from @spotuz_uz
  1. Oct 3, 2026⚡️ Ikkita ta’lim vazirligi bitta vazirlikka birlashtirildi Prezident farmoni bilan Maktabg…
  2. Oct 3, 2026O‘zbekiston propan, elektronika, avtomobillar, rangli metallar va don importini oshirdi Ta…
  3. Oct 3, 2026UzPost Wildberries’dan qarz olishni shartlar aniqlashgach qayta ko‘rib chiqishi mumkin — D…
  4. Oct 3, 2026Urganch — Xiva yangi yo‘lida yengil avtomobillar va mototsikllar uchun yo‘l haqi pasaytiri…
  5. Oct 3, 2026O‘zbekistonda yil boshidan buyon gaz, neft, ko‘mir va gaz kondensati qazib olish kamaydi Y…
  6. Oct 3, 2026O‘zbekiston avgust oyida oltin eksportini to‘xtatdi — yillik hajm 3 baravar kamaydi Milliy…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →