TGViewer
Channel Public Channel
Spot.uz – biznes va texnologiyalar

Spot.uz – biznes va texnologiyalar

@spotuz_uz

O’zbekistonda tadbirkorlik, innovatsiyalar, ta'lim va texnologiyalar yangiliklari.
Rasmiy sayt:
www.spot.uz/oz

Tahririyat:
@SpotuzMuloqotBot
(+998) 78-555-60-40

Reklama: 99-885-14-15, @AfishaMedia_Elonna
Subscribers
10.7K
Photos
17.9K
Videos
299
Links
18.1K
Recent Posts 20 shown
Post #19997 163
GM UzAuto Motors’ni xususiylashtirishda ustuvor huquqqa ega bo‘lmaydi — Davaktiv

Agentlikka ko‘ra, UzAuto Motors’ni xususiylashtirish ochiq va raqobat asosida amalga oshiriladi.

Ayrim kompaniyalarga, jumladan, Amerikaning General Motors kompaniyasiga aktivni sotib olish uchun imtiyoz yoki ustuvor huquq berilmaydi.

“Qonunchilik talablariga javob beradigan har qanday investor ishtirok etishi mumkin — ayrim kompaniyalarga hech qanday imtiyoz yoki ustuvor huquq berilmaydi”, — deya ma’lum qildi Davaktiv Spot’ga.


UzAuto Motors’ni sotishga tayyorgarlik allaqachon boshlangan. Xalqaro konsultantlar kompaniyada due diligence tekshiruvini o‘tkazib, zarur hujjatlarni tayyorlamoqda.

O‘tgan hafta Davaktiv direktor o‘rinbosari Alisher Miraliyev Spot’ga UzAuto Motors’ning 99,7% i va UzAuto Motors Powertrain’ning 100%i sotilishi rejalashtirilayotganini bildirgan:

https://www.spot.uz/oz/2026/09/21/uzauto-motors/

Telegram | Instagram | YouTube
  • ❤ 1
Post #19996 518
Innovatsion startaplar davlatdan 2 mlrd so‘mgacha mablag‘ jalb qilishi mumkin. Shartlar

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi innovatsion startaplarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari loyihasini ishlab chiqdi.

Unga ko‘ra, startaplarni rivojlantirish uchun har yili 40 mlrd so‘m ajratish va xususiy sektordan 500 ming dollargacha mablag‘ jalb qilish rejalashtirilmoqda.

2027-yildan innovatsion loyihalar bilan ishlash uchun maxsus onlayn platforma ishga tushirilishi kutilmoqda.

Shuningdek, startaplar davlat mablag‘larini olishdan oldin o‘tashi kerak bo‘lgan inkubatsiya va akseleratsiya dasturlari reyestri yaratiladi.

O‘rta darajadagi texnologik tayyorgarlikka ega loyihalar dastur yakunida 213,4 mln so‘mgacha mablag‘ olishi mumkin.

Tayyor prototipga ega loyihalarga esa xususiy investitsiyalar jalb qilish sharti bilan 1,98 mlrd so‘mgacha mablag‘ ajratiladi:

https://www.spot.uz/oz/2026/09/21/innovation-support/

Telegram | Instagram | YouTube
  • ❤ 3
  • 👍 1
  • 🔥 1
Post #19995 714
Toshkentda bank xodimlari mijozning omonatidan $300 mingni o‘zlashtirgani aniqlandi

Bankning masʼul shaxslari fuqaro I.M. nomidan qalbaki ariza va boshqa hujjatlarni rasmiylashtirgani aniqlangan.

Shu yo‘l bilan fuqaroning bankka qo‘ygan $500 minglik omonatidan $300 mingni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilingan.

Holat yuzasidan bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, hozir tergov harakatlari olib borilmoqda:

https://www.spot.uz/oz/2026/09/21/bank-deposit/

Telegram | Instagram | YouTube
  • 👎 4
  • ❤ 2
  • 👍 1
  • 🔥 1
Post #19994 828
O‘zbekistonda raqamli “baliqchi kartasi”ni joriy etish rejalashtirilmoqda

Ekologiya qo‘mitasi Fisherman ID tizimini joriy etish bo‘yicha tijorat takliflarini qabul qilishni e’lon qildi.

Ijrochi tizimni ishlab chiqishi, uni serverlarga joylashtirishi hamda 12 oy davomida texnik qo‘llab-quvvatlashi kerak bo‘ladi.

Asosiy shartlar orasida mobil ilova yaratish va baliq ovlash chiptalari uchun Click hamda Payme bilan integratsiya qilish bor:

https://www.spot.uz/oz/2026/09/21/fisherman-id/

Telegram | Instagram | YouTube
  • 👍 3
  • ❤ 2
  • 🔥 1
Post #19993 851
Olamvisa himoyalangan sun‘iy intellekt yordamida viza rasmiylashtirish xizmatini ishga tushirmoqda

Yangi platforma sun’iy intellekt va sobiq konsullik mutaxassislari yordamida vizaga hujjat topshirishni soddalashtirib, rad etilish xavfini kamaytiradigan yangi xizmatni yo‘lga qo‘ydi (reklama).

https://www.spot.uz/oz/2026/09/21/olamvisa/
  • ❤ 5
  • 👍 3
  • 🔥 1
Post #19992 921
O‘zbekistonda sakkiz oyda 18,3 trln so‘mlik ipoteka kreditlari ajratildi

Kreditlarning asosiy qismi — 74% i yoki 13,6 trln so‘m birlamchi uy-joy bozoriga yo‘naltirilgan.

Qolgan 26% yoki 4,7 trln so‘mlik ipoteka kreditlari ikkilamchi uy-joy bozoriga to‘g‘ri kelgan.

Hududlar kesimida eng katta hajm Toshkent shahriga ajratilgan bo‘lib, 5,59 trln so‘mni tashkil qilgan.

Keyingi o‘rinlarda Andijon (1,59 trln so‘m) va Farg‘ona (1,26 trln so‘m) viloyatlari turibdi:

https://www.spot.uz/oz/2026/09/21/morgtage-loans/

Telegram | Instagram | YouTube
  • ❤ 2
  • 👍 2
  • 🔥 1
Post #19991 1.06K
🌐🌐🌐

“Bugun kerakli qadamni tashlash kerak, aks holda ertaga bundan ham ko‘proq harakat qilishga to‘g‘ri keladi”

Jim Louless, motivatsion notiq, yozuvchi va sobiq huquqshunos.

Telegram | Instagram | YouTube
  • ❤ 8
  • 👍 4
  • 🔥 1
Post #19990 1.52K
🌐🌐🌐🌐🌐pensiya yoshi, Qoraqalpog‘istonga tashrif va Toshkentdagi treyding kurslari

Spot hafta davomida O‘zbekiston va dunyoda ro‘y bergan biznes, texnologiya va iqtisodiyotga oid muhim va qiziqarli maʼlumotlarni to‘pladi.

🌐O‘zbekistonda pensiya yoshini erkaklar uchun 63, ayollar uchun 58 yoshga oshirish taklif qilinmoqda;

🌐O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi 5,8%dan 3,9%gacha kamaydi;

🌐Davaktiv UzAuto Motors va Powertrain zavodlarini xususiylashtirish bo‘yicha tender e’lon qiladi;

🌐Raqobat qo‘mitasi reyslar kechikishi uchun kompensatsiya to‘lash tartibini tasdiqlashni topshirdi;

🌐Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonda $592 mlnlik yangi loyihalarni ishga tushirdi;

🌐O‘zbekistonda 2026/2027-o‘quv yilidan kamida bir yillik amaliy magistratura joriy etiladi;

🌐Saida Mirziyoyeva biznesni Yangi Toshkentga investitsiya kiritishga chaqirdi. Batfasil:

https://www.spot.uz/oz/2026/09/20/week-summary38/

Telegram | Instagram | YouTube
  • ❤ 7
  • 👍 4
  • 🔥 2
  • 🤔 2
Post #19989 2.58K
💻 Treyding: Toshkentdagi o‘quv markazlar, manzillari, kurslar va narxlari

Spot Toshkentdagi o‘quv markazlarida qanday treyding kurslarini o‘rganish mumkinligi va bunda nimalarga e’tibor qaratish kerakligi haqida ma’lumot to‘pladi.

Shuningdek, treyding kurslarining narxlari, davomiyligi va ularning manzillarini ham o‘rgandi.

Yodda tuting: har qanday investitsiya moliyaviy xavf bilan bog‘liq. Spot ushbu ma’lumotlar asosida amalga oshirilgan investitsiyalar uchun javobgar emas. Ma’lumotlar faqat tanishish uchun berilgan va investitsiya yoki boshqa harakatlarga chaqiriq emas.

https://www.spot.uz/oz/2026/09/17/trading/

Telegram | Instagram | YouTube
  • ❤ 11
  • 👍 10
  • 🔥 8
Post #19988 1.7K
Xitoylik investorlar Qoraqalpog‘istonda data-markazlar va raqamli valyutaga $2,3 mlrd investitsiya kiritadi

Prezident umumiy qiymati $7 mlrd bo‘lgan 47 ta investitsiya loyihasi qurilishiga ham start berdi.

Ular energetika, raqamli iqtisodiyot, sanoat, transport, tibbiyot va xizmat ko‘rsatish kabi olti yo‘nalishni qamrab oladi.

Qo‘ng‘irot tumanida ACWA Power 1,5 GVt quvvatga ega shamol elektr stansiyasi qurilishining faol bosqichini boshlaydi.

Chimboyda koreyalik investorlar biogaz ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi, Nukusda esa chiqindidan elektr energiyasi ishlab chiqaradigan zavod tashkil etiladi.

Shuningdek, Qo‘ng‘irot va Taxiatoshda Xitoy hamkorlari ishtirokida $2,28 mlrd lik raqamli valyuta ishlab chiqarish loyihalari va SI uchun ma’lumotlar markazlari ishga tushiriladi.

Nukusda Toshkentdagi Seoul Mun majmuasi namunasi asosida kompleks, Amudaryo tumanida esa $15 mln lik savdo markazi qurish rejalashtirilmoqda:

https://www.spot.uz/oz/2026/09/18/karakalpakstan-projects/

Telegram | Instagram | YouTube
  • 🔥 37
  • 👍 34
  • ❤ 15
Post #19987 1.32K
Bo‘zatov va Taxtako‘pirga borib ishlaydigan shifokorlarga 200% gacha ustama to‘lanadi

Prezident Qoraqalpog‘istonda maktabgacha ta’lim va tibbiyot sohalarini rivojlantirish bo‘yicha yangi choralarni belgilab berdi.

Endilikda hududda xususiy bog‘cha ochadigan tadbirkorlarga 15 yilga, 5 yillik imtiyozli davr bilan 7% li kredit ajratiladi.

Xususiy sheriklik asosida tashkil etilgan Nukus tibbiyot ilmiy akademiyasi soha xodimlari malakasini oshirish markaziga aylantiriladi.

Akademiya, Bolalar klinikasi, Onkologiya markazi va yangi ko‘p tarmoqli shifoxona negizida Universitet tibbiy klasteri tashkil etiladi.

Mo‘ynoqqa borib ishlayotgan shifokorlarga beriladigan 200% gacha ustama 1-yanvardan Bo‘zatov va Taxtako‘pirda ham joriy etiladi:

https://www.spot.uz/oz/2026/09/19/karakalpakstan-edu-med/

Telegram | Instagram | YouTube
  • 👍 6
  • ❤ 2
  • 👎 1
  • 🔥 1
Post #19986 1.2K
Qoraqalpog‘istonda 6 ming yoshni IT va logistika sohasida ish bilan ta’minlash rejalashtirilmoqda

Hududda yoshlarni yuqori daromadli kasblarga o‘qitish va bandligini ta’minlash bo‘yicha yangi vazifalar belgilandi.

Bir yil ichida 1 ming, keyingi ikki yilda yana 5 ming yosh IT va logistika sohasida yuqori daromadli ish bilan ta’minlanadi.

Yil yakunigacha xorijda yashayotgan kamida 10 nafar iqtidorli vatandosh Qoraqalpog‘istonga jalb etilib, yangi loyihalarni boshlashi ko‘zda tutilgan.

Nukusdagi 1-son texnikum tajribasi Amudaryo, Beruniy, Chimboy va Qo‘ng‘irotdagi texnikumlarda ham joriy etiladi.

Bu yerda Pearson BTEC xalqaro ta’lim dasturi asosida o‘qigan bitiruvchilarga 70 ta davlat tan oladigan kasb sertifikati beriladi.

1-oktabrdan asbob-uskuna xaridi uchun ssuda 20 mln so‘mdan 50 mln so‘mgacha oshiriladi. “Usta-shogird” dasturida yosh chegarasi esa 40 yoshgacha kengaytiriladi:

https://www.spot.uz/oz/2026/09/19/youth-karakalpakstan/

Telegram | Instagram | YouTube
  • 👍 32
  • 🔥 22
  • ❤ 18
  • 🤔 1
Post #19985 1.16K
Qoraqalpog‘istonda chorvachilik va bog‘dorchilikka yangi loyihalar jalb qilinadi

Xorijdan 5 ming bosh qo‘y-echki olib kelinib, bir yil ichida ularning sonini 100 ming boshga yetkazish rejalashtirilmoqda.

Shuningdek, hududda 30 ming gektarda sho‘rga chidamli olxo‘ri va kechki o‘rik bog‘lari tashkil etiladi.

Bu orqali 20 ming kishi ish bilan ta’minlanib, uch yilda meva eksportini $500 mlnga yetkazish ko‘zda tutilgan.

Kelasi bahordan Nukus tumanidagi 10 ming gektarda qovun yetishtirish boshlanadi. Xorijdan ilg‘or navlar va agrotexnologiyalar jalb qilinadi.

Qovunni qayta ishlash va eksport qilish xoldingi tashkil etilib, Nukusdagi texnikum tajriba almashish markaziga aylantiriladi:

https://www.spot.uz/oz/2026/09/19/karakalpakstan-agriculture/

Telegram | Instagram | YouTube
  • 👍 29
  • 🔥 24
  • ❤ 19
Post #19984 1.19K
Qoraqalpog‘istonda tadbirkorlar uchun 300 mlrd so‘mlik kredit liniyasi ochiladi

Prezident hududni kambag‘allikdan xoli hududga aylantirish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha yangi choralarni belgiladi.

Ishonchli tadbirkorlar uchun 300 mlrd so‘mlik kredit liniyasi ochiladi. 16% stavkaning 4% i subsidiya qilinib, tadbirkor uchun kredit 12% bo‘ladi.

Shuningdek, oilaviy tadbirkorlik kreditlari stavkasi ham 17,5% dan 12% gacha tushiriladi.

Kelasi yili “drayver” loyihalarga $100 mln yo‘naltirilib, kamida 50 ming kishini daromadli qilish rejalashtirilmoqda.

Tuman hokimlariga esa shu yil yana 2 tadan loyiha orqali 10 ming kishini daromadli qilish topshirildi:

https://www.spot.uz/oz/2026/09/19/karakalpakstan-poverty/

Telegram | Instagram | YouTube
  • 👍 31
  • 🔥 20
  • ❤ 18
Post #19983 1.13K
Qoraqalpog‘iston mintaqadagi yirik “yashil” energiya markaziga aylanadi

Bu haqda Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda ma’lum qildi.

Hududda 3,3 GVt quvvatli shamol elektr stansiyalari qurilib, 2030-yilgacha “yashil” energiya ulushi 76% ga yetkazilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, A-380 magistral yo‘lining yana 92 km qismi quriladi. Bu tranzitni 1,5 barobar oshirishi kutilmoqda.

2027-yil martidan Toshkent–Nukus tezyurar poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Natijada safar vaqti 16 soatdan 7 soatga qisqaradi.


Shu bilan birga , “Tuyamo‘yin” suv tozalash inshooti rekonstruksiya qilinib, Qo‘ng‘irotdan Mo‘ynoqqacha 100 km ichimlik suvi tarmog‘i tortiladi:

https://www.spot.uz/oz/2026/09/19/karakalpakstan/

Telegram | Instagram | YouTube
  • 👍 20
  • ❤ 9
  • 🔥 9
Post #19982 1.11K
Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonda $592 mlnlik yangi loyihalarni ishga tushirdi

Ular orasida umumiy quvvati 300 MVt bo‘lgan ikkita shamol elektr stansiyasi va 100 MVt quvvatli elektr energiyasini saqlash tizimi bor.

Nukusda BAA ishtirokida $27 mln lik, 100 o‘rinli Shayx Xalifa shifoxonasi, Taxiatosh tumanida esa $150 mln lik Linkwise modul hisoblash markazining birinchi bosqichi ishga tushirildi.

Shuningdek, Sapsan Trans No’kis $20 mln lik jamoat transportini rivojlantirish loyihasini boshladi. Hududga 25 ta avtobus va elektrobus yetkazilgan, yil oxirigacha yana 75 tasi olib kelinishi kutilmoqda.

Marosim doirasida umumiy qiymati $7 mlrd bo‘lgan yana 47 ta loyihaning qurilishi ham boshlandi. Loyihalar natijasida 8 mingta yuqori daromadli ish o‘rni yaratilishi kutilmoqda:

https://www.spot.uz/oz/2026/09/18/karakalpak-launch/

Telegram | Instagram | YouTube
  • 👍 34
  • ❤ 14
  • 🔥 10
Post #19981 1.11K
Dam olish kunlari qaysi banklar ishlaydi?

19−20-sentabr kunlari 24 ta bank valyuta ayirboshlash va xalqaro pul o‘tkazmalari xizmatlarini ko‘rsatadi. Ularning ish tartibi filialga qarab farq qilishi mumkin.

Shuningdek, 24/7 rejimida ishlovchi valyuta ayirboshlash bankomatlari va banklarning mobil ilovalari orqali onlayn operatsiyalar mavjud. Ro‘yxat:

https://www.spot.uz/oz/2026/09/18/banks-holidays/

Telegram | Instagram | YouTube
  • ❤ 2
  • 👍 2
  • 🔥 2
Post #19980 1.16K
🌐🌐🌐

“Agar kun oxirida ertalab bilganlaringizdan hech narsa qo‘shilmaganini anglasangiz, demak, nimanidir noto‘g‘ri qilyapsiz”

Richard Brenson, Virgin Group kompaniyasi asoschisi.

Telegram | Instagram | YouTube
  • 🔥 10
  • 👍 3
  • ❤ 1
  • 🤔 1
Post #19979 1.6K
📖 Englify School asoschisi va bloger Azam Qahramoniy tavsiya qilgan 5 ta kitob

Englify School asoschisi va direktori, Teacher Azam loyihasi muallifi Azam Qahramoniy Spot’ga dunyoqarashi va insonlarga bo‘lgan qarashlarini shakllantirgan kitoblar haqida so‘zlab berdi.

U tavsiya qilgan kitoblar:

🌐“Kapitan Grant bolalari” (1867−1868), Jyul Vern;

🌐“Guns, Germs, and Steel: The Fates of Human Societies” (1997), Jared Daymond;

🌐“Mamlakatlar tanazzuli sabablari: qudrat, farovonlik va kambag‘allik manbalari” (2012), Daron Ajemoglu va Jeyms Robinson;

🌐“G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q” (1929), Erix Mariya Remark;

🌐“Jinoyat va jazo” (1866), Fyodor Dostoyevskiy.

Kitoblar haqida batafsil:

https://www.spot.uz/oz/2026/09/18/azam-qahramoniy/

Telegram | Instagram | YouTube
  • 👍 6
  • ❤ 5
  • 🔥 3
  • 👎 1
Post #19978 1.49K
Pedagoglarning farzandlari uchun kontrakt to‘loviga 30% chegirma beriladi

Chegirma pedagogning davlat OTMida kunduzgi shaklda o‘qiyotgan har bir farzandiga alohida qo‘llaniladi.

Arizani kontrakt.edu.uz tizimi orqali yuborish mumkin. Arizalar 2 ish kunida ko‘rib chiqiladi, chegirma esa tasdiqlangach avtomatik qo‘llaniladi.

Chegirma harbiy va harbiylashtirilgan ta’lim tashkilotlari, xorijiy OTMlar va ularning filiallarida tahsil olayotganlarga tatbiq etilmaydi.

Qo‘shimcha va tabaqalashtirilgan kontrakt, xorijiy hamkor OTMlarning qo‘shma dasturlari va fakultetlari hamda nodavlat OTMlarda tahsil olayotganlarga berilmaydi:

https://www.spot.uz/oz/2026/09/18/children-of-teachers/

Telegram | Instagram | YouTube
  • ❤ 4
  • 👍 3
  • 🔥 2
Older posts →

About this channel

How can I read @spotuz_uz without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for Spot.uz – biznes va texnologiyalar: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does Spot.uz – biznes va texnologiyalar have?
Spot.uz – biznes va texnologiyalar (@spotuz_uz) has 10.7K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does Spot.uz – biznes va texnologiyalar know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →