TGViewer
Spot.uz – biznes va texnologiyalar Spot.uz – biznes va texnologiyalar @spotuz_uz · 10.8K subscribers
Post #19986 1.43K
Qoraqalpog‘istonda 6 ming yoshni IT va logistika sohasida ish bilan ta’minlash rejalashtirilmoqda

Hududda yoshlarni yuqori daromadli kasblarga o‘qitish va bandligini ta’minlash bo‘yicha yangi vazifalar belgilandi.

Bir yil ichida 1 ming, keyingi ikki yilda yana 5 ming yosh IT va logistika sohasida yuqori daromadli ish bilan ta’minlanadi.

Yil yakunigacha xorijda yashayotgan kamida 10 nafar iqtidorli vatandosh Qoraqalpog‘istonga jalb etilib, yangi loyihalarni boshlashi ko‘zda tutilgan.

Nukusdagi 1-son texnikum tajribasi Amudaryo, Beruniy, Chimboy va Qo‘ng‘irotdagi texnikumlarda ham joriy etiladi.

Bu yerda Pearson BTEC xalqaro ta’lim dasturi asosida o‘qigan bitiruvchilarga 70 ta davlat tan oladigan kasb sertifikati beriladi.

1-oktabrdan asbob-uskuna xaridi uchun ssuda 20 mln so‘mdan 50 mln so‘mgacha oshiriladi. “Usta-shogird” dasturida yosh chegarasi esa 40 yoshgacha kengaytiriladi:

https://www.spot.uz/oz/2026/09/19/youth-karakalpakstan/

Telegram | Instagram | YouTube
  • 👍 32
  • 🔥 23
  • ❤ 18
  • 🤔 1
More from @spotuz_uz
  1. Sep 27, 2026🌐🌐🌐🌐🌐qidiruvdagi Anorbank ta’sischisi, qoldirilgan UzAirways IPO’si va biznes-rejasiz…
  2. Sep 26, 2026Gazlashmagan hududlar uchun elektr energiyasiga imtiyozli tariflar ishlab chiqiladi Tabiiy…
  3. Sep 26, 2026O‘zbekiston Embraer’dan ilk C-390 Millennium harbiy samolyotini qabul qildi Braziliya komp…
  4. Sep 26, 2026Mehnat migrantlari uchun pensiya badalini xorijdan to‘lash imkoniyati yaratiladi Pensiya j…
  5. Sep 26, 2026O‘zbekistonda 45 ming fermer va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 60% i sug‘urta bilan qa…
  6. Sep 26, 2026Rossiyalik biznesmen va Solfy O‘zbekistonga qarshi xalqaro arbitrajga da’vo kiritdi Invest…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →