Gazlashmagan hududlar uchun elektr energiyasiga imtiyozli tariflar ishlab chiqiladi
Tabiiy gaz yetib borishi qiyin hududlarni elektrlashtirish bo‘yicha alohida chora-tadbirlar ishlab chiqiladi. Buning uchun xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlik qilinib, tajribali konsultantlar jalb etiladi.
Elektrlashtiriladigan hududlarda elektr energiyasi uchun imtiyozli tariflar va energiya samarador maishiy texnikalarni xarid qilishni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari ishlab chiqilishi rejalashtirilmoqda.
Tegishli hujjat loyihasi 2026-yil noyabrigacha tayyorlanib, 2027-yil aprelida Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi:
https://www.spot.uz/oz/2026/09/26/preferential-tariff/
Telegram | Instagram | YouTube
Post #20073
2.14K

- ❤ 11
- 👍 8
- 🔥 3