Pensiya jamg‘armasiga ko‘ra, xorijda ishlayotgan O‘zbekiston fuqarolarining pensiya stajini hisoblash masalalari pensiya islohoti loyihasini tayyorlash jarayonida o‘rganilgan.
Shuningdek, hozirda Rossiya, Qozog‘iston va boshqa davlatlar bilan pensiya ta’minoti bo‘yicha davlatlararo bitimlar tuzish ustida ish olib borilmoqda.
Bunday kelishuvlar asosida fuqaro har bir davlatda rasmiy ishlagan davri uchun tegishli mamlakatdan pensiya olishi mumkin.
Bundan tashqari, migrantlarga pensiya badallarini xorijdan turib to‘lash imkonini beruvchi Migrant pensiya ilovasini ishga tushirish rejalashtirilmoqda.
Pensiya jamg‘armasi direktori Murodbek Atadjanovga ko‘ra, bu bo‘yicha tegishli hujjatlar ishlab chiqiladi:
https://www.spot.uz/oz/2026/09/26/labor-migrants/
Telegram | Instagram | YouTube
