Banklarda firibgarlik operatsiyalarini aniqlash bo‘yicha yangi talablar joriy etiladi
Markaziy bank loyihasiga ko‘ra, banklar va to‘lov tashkilotlarining antifrod tizimlari 24/7 ishlaydi va shubhali operatsiyalarni real vaqt rejimida aniqlaydi.
Operatsiyalar bir nechta shubhali belgilar asosida skoring orqali baholanadi. Xavf darajasiga qarab operatsiya to‘xtatilishi, qo‘shimcha tekshirilishi yoki rad etilishi mumkin.
Shubhali operatsiya to‘xtatilsa, mijoz darhol xabardor qilinadi va shikoyatlar 24/7 qabul qilinib, yakuniy javob 5 kun ichida beriladi.
Qayd etilishicha, yirik frod hodisasi yuz berganda, Markaziy bank 4 soat ichida xabardor qilinishi kerak.
Qaror rasmiy e’lon qilinganidan uch oy o‘tib kuchga kirishi rejalashtirilgan:
https://www.spot.uz/oz/2026/09/29/frod-operation/
Telegram | Instagram | YouTube
Post #20097
1.27K

- 👍 7
- 🔥 3
- ❤ 1