UzPost aksiyadorlari Wildberries‘dan 100 mlrd so‘mlik qarz olinishini ma‘qullamadi
Pochta aloqasi milliy operatori hisoblangan O‘zbekiston pochtasi aksiyadorlari kuzatuv kengashining yangi tarkibini uch yil muddatga sayladi.
Kengash 9 kishidan iborat bo‘lib, ulardan beshtasi Wildberries & Russ birlashgan kompaniyasi — RVB korxonasi bilan bog‘liq.
UzPost aksiyadorlarining 93,69% kvorum bilan o‘tgan navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi bayonnomasi 30-sentabrda tuzilib, muhim fakt 2-oktabrda e’lon qilindi.
Yig‘ilishda UzPost tomonidan WB INT EXPORT korxonasidan 100 mlrd so‘m qarz jalb qilish va aksiyadorlar talabiga ko‘ra aksiyalarni qayta sotib olish masalasi ham ko‘rib chiqildi.
Biroq ovoz berganlarning barchasi betaraf qolgani sabab takliflar qabul qilinmadi.
Keyinroq Wildberries Spot’ga vakillari UzPost’ni modernizatsiya qilish va xizmatlar sifatini oshirish uchun kuzatuv kengashiga kirganini ma’lum qildi:
https://www.spot.uz/oz/2026/10/02/uzpost-wildberries/
Telegram | Instagram | YouTube
Post #20138
690

- 👍 4
- ❤ 3
- 🔥 2