Institutimizda davlatimiz rahbarining PQ-96-son qarori ijrosi doirasida talaba-yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida «Zakovat» intellektual o‘yinining 1-bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Institut tyutori Z. B. Abdalimova tashabbusi bilan tashkil etilgan bellashuvda talabalar mantiqiy fikrlash, tarix, aniq va ijtimoiy fanlarga oid savollar orqali o‘z bilim va zukkoliklarini sinovdan o‘tkazdilar.
🤝Qizg‘in bahslar davomida jamoaviy hamkorlik, tezkor fikrlash va to‘g‘ri qaror qabul qilish mahorati namoyon bo‘ldi. Yuqori natija ko‘rsatgan jamoalar keyingi bosqichga yo‘llanma oldilar.
Bilim, tafakkur va jamoaviylik — muvaffaqiyat kaliti!
👉 Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring!
😁Telegram 📷 Instagram 🗳Facebook ▶️YouTube


