TGViewer
ISFT Samarqand filiali ISFT Samarqand filiali @samarqand_isft · 2.97K subscribers
Post #3245 645
Talaba ishlashi mumkinmi?

Ha, talaba ishdan boʻsh vaqtlarda mehnat qilish huquqiga ega.
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 42-moddasi, Mehnat kodeksining 5-moddalariga binoan, har kim munosib mehnat qilish huquqiga ega. Oliy taʼlim toʻgʻrisidagi nizomning 50-bandiga asosan, kunduzgi taʼlim shaklida talaba kunning ikkinchi yarmida mehnat shartnomasi tuzib ishlashga haqli. Shunday ekan oʻqishdan boʻsh vaqtda talaba ishlashi mumkin.
Qonunchilikda aynan talabalar uchun ish soati cheklovi belgilanmagan. Biroq 1-kurs talabasi hali 18 yoshga toʻlmagan boʻlsa, u Mehnat kodeksiga koʻra, haftasiga 30 soatdan ortiq ishlay olmaydi. Maʼlumot uchun normal ish vaqti haftasiga 40 soat.
Asosiy ish joy — Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksisiga muvofiq ish beruvchi tomonidan xodimning mehnat daftarchasi yuritiladigan tashkilot.
Oʻrindoshlik asosida ishlash — xodimni oʻzining asosiy ishini bajarishidan tashqari asosiy ishdan boʻsh vaqtida mehnat shartnomasi asosida boshqa xaq toʻlanadigan ishni bajarish.
Xulosa qilib aytadigan boʻlsak talabani ishlashi uchun hech qanday cheklov yoʻq! Oylik maosh masalasi buxgalteriyaga oid mavzu. Qonunchilikka koʻra ish xaqini hisoblash, ish vaqti, shtat jadvali, malaka toifalarini hisobga olgan holda maosh tayinlanadi.
  • 👍 3
  • ⚡ 2
More from @samarqand_isft
  1. Oct 10, 2026ISFT talabalari uchun Janubiy Koreyada tahsil olish imkoniyatlari kengaymoqda 🇺🇿🇰🇷 Avv…
  2. Oct 10, 2026ISFT VA JEONBUK NATIONAL UNIVERSITY: XALQARO HAMKORLIKNING YANGI BOSQICHI! 🇺🇿🇰🇷ISFT In…
  3. Oct 10, 2026Erkinjon Turdimov: — Bilim — bizni kambagʻallikdan olib chiqadigan eng katta kuch. Kim far…
  4. Oct 10, 2026ISFT INSTITUTIDA O‘ZBEK TILI HAFTALIGI! 🇺🇿 12–21-oktabr — ona tilimizga ehtirom haftalig…
  5. Oct 10, 2026📢 ISFT TALABALARI DIQQATIGA Institutimizda 2- va 3-bosqich talabalari o‘rtasida ingliz ti…
  6. Oct 10, 2026«Zakovat» intellektual o‘yinining 1-bosqichidan lavhalarni e'tiboringizga havola etmoqdami…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →