🇺🇿🇰🇷 Avval xabar berganimizdek, ISFT Instituti delegatsiyasining Janubiy Koreyaga xizmat safari doirasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish va talabalar uchun yangi imkoniyatlar yaratishga qaratilgan muhim kelishuvlarga erishilmoqda.
Navbatdagi manzil — Woosuk University. Universitet rahbariyati va fakultetlar vakillari bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar yakunida Hamkorlik memorandumi (MoU) hamda Talabalar almashinuvi to‘g‘risidagi kelishuv (SEA) imzolandi. Ushbu hujjatlar akademik aloqalarni mustahkamlash va talabalar uchun yangi xalqaro imkoniyatlar yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.
🌍Kelishuvlar ISFT talabalariga Woosuk University’da tahsil olish, xalqaro tajriba orttirish va xorijiy ta’lim muhitida o‘z bilim hamda ko‘nikmalarini rivojlantirish imkonini beradi.
Muzokaralar davomida qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish, professor-o‘qituvchilar va fakultetlar o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish, qo‘shma ilmiy loyihalar hamda xalqaro konferensiyalar tashkil etish masalalari ham muhokama qilindi.
👉 Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring!
😁Telegram 📷 Instagram 🗳Facebook ▶️YouTube




