🇺🇿🇰🇷ISFT Instituti delegatsiyasining Janubiy Koreyaga xizmat safari doirasida nufuzli Jeonbuk National University rahbariyati bilan muhim uchrashuvlar o‘tkazilib, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
🤝Muzokaralar yakunida ikki universitet o‘rtasida hamkorlik memorandumlari imzolandi. Tomonlar talabalar almashinuvi, qo‘shma ta’lim dasturlari va akademik xodimlar malakasini oshirish yo‘nalishlarida hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldilar.
🎓 ISFT talabalari uchun yangi imkoniyatlar!
Kelishuvlarga ko‘ra, talabalar Jeonbuk National University’da bir semestr yoki bir o‘quv yili davomida tahsil olishlari mumkin. Dastur doirasida 20 nafardan ortiq talaba uchun stipendiya imkoniyatlari, shuningdek, universitetga ilk bor keladigan talabalar uchun 400 000 Janubiy Koreya voni miqdorida bir martalik stipendiya ajratilishi ko‘zda tutilgan.
Ushbu hamkorlik ISFT talabalariga xalqaro tajriba orttirish, Koreya ta’lim tizimi bilan yaqindan tanishish va o‘z akademik salohiyatini rivojlantirish uchun yangi yo‘llarni ochishiga ishonchimiz komil.
👉 Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring!
😁Telegram 📷 Instagram 🗳Facebook ▶️YouTube




