ISFT INSTITUTIDA O‘ZBEK TILI HAFTALIGI!
🇺🇿 12–21-oktabr — ona tilimizga ehtirom haftaligi!
ISFT instituti Samarqand filiali Filologiya va tillarni o‘qitish kafedrasi tomonidan o‘zbek tilining nufuzi, jozibasi va boy imkoniyatlarini namoyon etish, talaba-yoshlar hamda institut jamoasining ona tiliga bo‘lgan hurmatini yanada oshirish maqsadida O‘zbek tili haftaligi tashkil etilmoqda!
Haftalik doirasida quyidagi tanlovlar o‘tkaziladi:
✍️1. INSHOLAR TANLOVI
Mavzu: “O‘zbek tili — milliy o‘zligimiz timsoli”
15-oktabr | 🕑 14:00
Institut kutubxonasi (ARM, 5-qavat)
Ishtirokchilar: talabalar
📝2. DIKTANTLAR TANLOVI
Shior: “To‘g‘ri so‘zla, to‘g‘ri yoz!”
17-oktabr — institut faollari va ustozlar
11:00 | 📍 Institut kutubxonasi (ARM, 5-qavat)
🎙3. SHE’RXONLIK TANLOVI
O‘zbek tili haqidagi sevimli she’ringizni ifodali o‘qing, ovozingizni yozib oling va bizga yuboring!
She’rlar qabuli: 11–20-oktabr
📩 Telegram: @M_Zayniddinovna09
🏆Eng ko‘p ovoz to‘plagan ishtirokchi haftalik yakunida taqdirlanadi!
Ona tilimiz — milliy g‘ururimiz, qalbimiz ovozi va milliyligimiz ifodasi!
Barchangizni tanlovlarda faol ishtirok etishga chorlaymiz!
Hurmat bilan,
Filologiya va tillarni o‘qitish kafedrasi
👉 Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring!
😁Telegram 📷 Instagram 🗳Facebook ▶️YouTube
Post #3233
475

- 🔥 1