TGViewer
Channel Public Channel
ISFT Samarqand filiali

ISFT Samarqand filiali

@samarqand_isft

Samarqand ISFT institut kanali
Subscribers
2.98K
Photos
2K
Videos
596
Links
1.1K
Recent Posts 11 shown
Post #3096 662
ISFTDA OCHIQ DARSLAR: NAZARIYA VA AMALIYOT UYG‘UNLIGI
Moliyaviy hisobni auditoriyada o‘rganish boshqa, uni real moliyaviy jarayonlar bilan bog‘lab anglash esa butunlay boshqa.

🏬Oliygohimizning “Iqtisodiyot va xalqaro moliyaviy boshqaruv” kafedrasi tomonidan “Bank ishi” ta’lim yo‘nalishining 25-SBI-01 va 25-SBI-03 guruh talabalari uchun “Moliyaviy hisob” fanidan ochiq ma’ruza darsi tashkil etildi.
👉Ochiq darsni kafedra o‘qituvchisi Ergashev Olloyor Furqat o‘g‘li olib bordi. Mashg‘ulot davomida “Pul mablag‘lari va valyuta operatsiyalari hisobi” mavzusi atroflicha yoritilib, talabalar bilan mavzu yuzasidan fikr almashildi.

🎓Dars jarayonida talabalar moliyaviy hisobning muhim jihatlarini chuqurroq anglash, savollar bilan murojaat qilish va mavzuni amaliy nuqtayi nazardan tahlil qilish imkoniga ega bo‘ldilar.
Bunday ochiq mashg‘ulotlar ta’lim jarayonini yanada jonlantirib, talabalarni mustaqil fikrlash, savol berish va kasbiy bilimlarini amaliyot bilan bog‘lashga undaydi.

ISFTda zamonaviy ta’limning muhim tamoyillaridan biri — bilimni berish bilan cheklanmasdan, uni anglash va amaliyotga tatbiq etishga yo‘naltirishdir.

👉 Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring!
😁Telegram 📷 Instagram 🗳Facebook ▶️YouTube
  • 👍 2
  • 🙏 1
  • 👌 1
Post #3092 735
HUQUQINGIZNI BILASIZMI? UNDAN FOYDALANISHNI-CHI?

⚖️ISFT instituti Samarqand filialida talabalar uchun “Mening huquqlarim” mavzusida huquqiy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda talabalar bilan huquq va majburiyatlar, qonuniy manfaatlarni himoya qilish hamda huquqiy savodxonlik masalalari yuzasidan ochiq muloqot o‘tkazildi.
Uchrashuvda oliygohimiz yuriskonsulti Doston Mirzaraximovich, Hunarmandlar mahallasi profilaktika inspektori, mayor Shadmonov Dilshod Yuldoshovich, Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i O.X. Fayziyeva, tyutorlar va talabalar ishtirok etdi.

📌Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 3-martdagi VMQ-91-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida tashkil etildi.
🤞O‘z huquqingizni bilish — o‘zingizni himoya qilishning birinchi qadamidir.
👉 Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring!
😁Telegram 📷 Instagram 🗳Facebook ▶️YouTube
  • 🔥 3
  • ⚡ 2
  • 👍 2
  • 👏 1
  • 🙏 1
Post #3091 938
Ularning yutug‘i — shunchaki raqam emas. Har birining o‘z hikoyasi bor.

🤓Universitetda har kuni yuzlab talabalarni uchratamiz. Kimdir darsga shoshadi, kimdir loyiha ustida ishlaydi, yana kimdir kelajakdagi rejasini tuzadi.
Ammo ular orasida o‘z yo‘lini allaqachon topa boshlagan yoshlar ham bor.
🎓Biz ISFTning iqtidorli talabalarini kamera qarshisiga taklif qilib, erishgan yutuqlari, ular uchun muhim bo‘lgan tajribalari va kelajakdagi maqsadlari haqida suhbatlashdik.

✅Kimningdir qo‘lida xalqaro tanlov diplomi, kimningdir ortida ilmiy izlanishlar, yana kimningdir hayotida ilk katta g‘alabalar bor.
Ularni tinglar ekanmiz, bir narsaga yana bir bor amin bo‘ldik: yutuq bir kunda kelmaydi. Uning ortida izlanish, sabr, xatolar va qayta urinib ko‘rishlar turadi.
Eng yoqimlisi esa — ular o‘z muvaffaqiyatlarini katta gaplar bilan emas, oddiy va samimiy so‘zlar bilan aytib berishdi.
🎥Bugungi videoda — ana shu yoshlarning o‘z ovozi, o‘z hikoyasi va o‘z orzulari.

👉 Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring!
😁Telegram 📷 Instagram 🗳Facebook ▶️YouTube
  • 👍 4
  • 👏 3
  • 🔥 2
  • 👌 2
  • 💯 2
Post #3090 981
🎓GRANTNI QO‘LGA KIRITISH UCHUN NIMA KERAK?
Ba’zilar uchun bu — orzu.
Ba’zilar uchun — maqsad.
ISFT talabalarimiz uchun esa — amalga oshgan imkoniyat. 🔥
👉Lekin grant sohibi bo‘lish ortida nima bor?
📚Tinimsiz izlanish.
🎯Aniq maqsad.
💪Mehnat.
✨Va eng muhimi — o‘ziga bo‘lgan ishonch.

Biz bu safar grant asosida tahsil olayotgan yana bir talabamizning hikoyasini sizga qoldiramiz.
🎥U grantni qanday qo‘lga kiritdi?
ISFTni nega tanladi?
Va grant uning hayotida nimani o‘zgartirdi?

Javoblar — videoda.
Bugun bu hikoyani u aytib beradi.
Ertaga balki bu rubrikada siz bo‘lasiz.

👉 Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring!
😁Telegram 📷 Instagram 🗳Facebook ▶️YouTube
  • 👍 5
  • 💯 2
  • 🔥 1
  • 👏 1
Post #3089 1.02K
❤️ ISFT Samarqandda masofaviy ta’lim: Orientation Week!

Bir tomonda ish, ikkinchi tomonda oila... Shunga qaramay, yangi talabalarimiz "Orientation Week" doirasida bir joyga jamlanib, oʻquv yillari uchun birinchi qadamni tashlashdi.

Agar siz ham qaysidir sabab bilan oʻqishni keyinga qoldirayotgan boʻlsangiz, ushbu imkoniyatni oʻtkazib yubormang.

❤️ Qabul o‘z nihoyasiga yetmoqda.


Vaqt va masofaga qaramay, siz ham oliy ma'lumotli boʻling.

Hujjat topshirish: admission.isft.uz ❤️

❤️ +998555061717
❤️ @ISFTqabul_bot
❤️  Litsenziya

ISFT — orzularingiz ro‘yobi!

Telegram | Instagram |Facebook | YouTube
  • 👍 6
  • 🔥 2
Post #3088 1.03K
🎓 ISFT Samarqand — Orientation Week!

Unutilmas taassurotlar va yangi do'stlarni jamlagan tanishtiruv haftaligi ortda qoldi. Asosiy darslar va eng yorqin lahzalar esa endi boshlanmoqda.

Videoni ko'rib, "Men ham shu jamoada bo'lishim kerak" degan fikr o'tgan bo'lsa — bu oxirgi imkoniyatingiz.


🕰️ Qabul yopilishiga sanoqli kunlar qoldi.

Hujjat topshirish: admission.isft.uz ❤️

❤️ +998555061717
❤️ @ISFTqabul_bot
❤️  Litsenziya

ISFT — orzularingiz ro‘yobi!

Telegram | Instagram |Facebook | YouTube
  • 🔥 3
Post #3087 909

Forwarded from ISFT Instituti

Kunlarning birida... Siz ISFT talabasisiz.

Xalqaro muhitdagi zavqli talabalik hayotini o‘zingiz ham sinab ko‘ring.

Imkoniyatlar cheklanmagan, lekin vaqt cheklangan. ISFTda qabul yakunlanishiga 9 kun qoldi!


O‘z kelajagingiz uchun bugunoq hujjat topshiring.

Hujjat topshirish: admission.isft.uz ❤️

❤️ +998555061717
❤️ @ISFTqabul_bot
❤️  Litsenziya

ISFT — orzularingiz ro‘yobi!

Telegram | Instagram |Facebook | YouTube
  • 🔥 3
Post #3086 1.1K

Forwarded from ISFT Instituti

📣 Hurmatli abituriyentlar!

Yaxshi imkoniyatlar o'z-o'zidan paydo bo'lmaydi — muhimi, ularni qo'ldan chiqarmaslik. ISFTda qabul yakunlanishiga 11 kun qoldi!

Taʼlim shakllari:
Kunduzgi;
Masofaviy;


Vaqt oz qoldi, ammo to‘g‘ri tanlov qilib, talabalar safiga qo'shilishga ulgurishingiz mumkin.

Hujjat topshirish: admission.isft.uz ❤️

❤️ +998555061717
❤️ @ISFTqabul_bot
❤️  Litsenziya

ISFT — orzularingiz ro‘yobi!

Telegram | Instagram |Facebook | YouTube
Post #3085 1.31K
ORIENTATION WEEK: DAY 3

Tanishtiruv haftaligining uchinchi kuni maydondagi do'stona bellashuvlar bilan yodda qoldi. Talabalarimiz bir-biri bilan yaqindan tanishib, ilk jamoaviy g'alabalarni nishonlashdi.

🎉 Eng yorqin lahzalar esa hali oldinda!

Hujjat topshirish: admission.isft.uz ❤️

❤️ +998555061717
❤️ @ISFTqabul_bot
❤️  Litsenziya

ISFT — orzularingiz ro‘yobi!

Telegram | Instagram |Facebook | YouTube
  • 🔥 3
  • 👍 1
  • 🙏 1
  • 👌 1
  • 💯 1
Post #3082 1.48K

Forwarded from ISFT Instituti

🇺🇿🇰🇷 ISFT Instituti va Busan Women’s University — xalqaro hamkorlik sari yangi qadam

ISFT Instituti va Janubiy Koreyaning Busan Women’s University vakillari o‘rtasida xalqaro hamkorlik istiqbollariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

❤️ Unda ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirish, talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yish hamda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi.


Muloqot davomida tomonlar o‘zaro tajriba almashish, akademik hamkorlik ko‘lamini kengaytirish va talabalar uchun yangi xalqaro imkoniyatlar yaratishga qaratilgan istiqbolli yo‘nalishlarni ko‘rib chiqdilar.

Uchrashuv yakunida kelgusidagi hamkorlikni izchil rivojlantirish va ikki ta’lim muassasasi o‘rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash bo‘yicha fikr almashildi.

ISFT — xalqaro ta’lim va yangi imkoniyatlar sari!

Instagram | Telegram | YouTube | Facebook
  • 👍 2
Post #3078 1.54K
NAZARIYADAN — REAL MUHITGA!

✅Bugun Axborot tizimlari va texnologiyalari hamda Axborot xavfsizligi yo‘nalishlarining talabalari uchun yangi tajriba va yangi imkoniyatlarga boy kun bo‘ldi!
Talabalar School 21da tashkil etilgan IT Navigator tadbirida ishtirok etib, IT olamining turli yo‘nalishlari, zamonaviy kasblar va kelajakdagi imkoniyatlar haqida bevosita soha vakillaridan ma’lumot oldilar.
🎯Tadbir davomida ISFTda mavjud 15 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha alohida spikerlar o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashib, har bir sohada qanday imkoniyatlar borligini tushuntirib berdilar.

💡Eng muhimi — talabalar o‘zlari tanlagan soha haqida nafaqat auditoriyada, balki real professional muhitda tasavvurga ega bo‘lishdi.
Bugungi uchrashuv — bir kunlik tadbir emas.
Bu kelajakdagi kasb, yangi g‘oya va katta maqsadlar sari qo‘yilgan navbatdagi qadam.

👉 Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring!
😁Telegram 📷 Instagram 🗳Facebook ▶️YouTube
  • ⚡ 1
  • 🔥 1
  • 👏 1
Older posts →

About this channel

How can I read @samarqand_isft without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for ISFT Samarqand filiali: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does ISFT Samarqand filiali have?
ISFT Samarqand filiali (@samarqand_isft) has 2.98K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does ISFT Samarqand filiali know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →