TGViewer
ISFT Samarqand filiali ISFT Samarqand filiali @samarqand_isft · 2.97K subscribers
Post #3096 1.46K
ISFTDA OCHIQ DARSLAR: NAZARIYA VA AMALIYOT UYG‘UNLIGI
Moliyaviy hisobni auditoriyada o‘rganish boshqa, uni real moliyaviy jarayonlar bilan bog‘lab anglash esa butunlay boshqa.

🏬Oliygohimizning “Iqtisodiyot va xalqaro moliyaviy boshqaruv” kafedrasi tomonidan “Bank ishi” ta’lim yo‘nalishining 25-SBI-01 va 25-SBI-03 guruh talabalari uchun “Moliyaviy hisob” fanidan ochiq ma’ruza darsi tashkil etildi.
👉Ochiq darsni kafedra o‘qituvchisi Ergashev Olloyor Furqat o‘g‘li olib bordi. Mashg‘ulot davomida “Pul mablag‘lari va valyuta operatsiyalari hisobi” mavzusi atroflicha yoritilib, talabalar bilan mavzu yuzasidan fikr almashildi.

🎓Dars jarayonida talabalar moliyaviy hisobning muhim jihatlarini chuqurroq anglash, savollar bilan murojaat qilish va mavzuni amaliy nuqtayi nazardan tahlil qilish imkoniga ega bo‘ldilar.
Bunday ochiq mashg‘ulotlar ta’lim jarayonini yanada jonlantirib, talabalarni mustaqil fikrlash, savol berish va kasbiy bilimlarini amaliyot bilan bog‘lashga undaydi.

ISFTda zamonaviy ta’limning muhim tamoyillaridan biri — bilimni berish bilan cheklanmasdan, uni anglash va amaliyotga tatbiq etishga yo‘naltirishdir.

👉 Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring!
😁Telegram 📷 Instagram 🗳Facebook ▶️YouTube
  • 👍 3
  • 🙏 1
  • 👌 1
More from @samarqand_isft
  1. Oct 9, 2026O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Turdimov Erkinjon Oqbutayevich O‘zbe…
  2. Oct 9, 2026DIQQAT, IQTIDORLI QIZLAR! 🌸 Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti tanloviga nomzodlar qabul qi…
  3. Oct 9, 2026Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti “AIFU Pitch Day 3.0” respublika innovatsion tanlovini…
  4. Oct 8, 2026MAHORAT DARSIGA BARCHANGIZNI TAKLIF ETAMIZ! Oliygohimizda “Fan o‘qitishda raqamli texnolog…
  5. Oct 8, 2026document post
  6. Oct 8, 2026document post
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →