TGViewer
Channel Public Channel
𝑀𝑒𝑑𝑖𝑢𝑚’𝑑𝑎𝑔𝑖 𝐴𝑧𝑖𝑧𝑎

𝑀𝑒𝑑𝑖𝑢𝑚’𝑑𝑎𝑔𝑖 𝐴𝑧𝑖𝑧𝑎

@pslog

Psixologik Blog: https://medium.com/@azizapulatova

Psixologik memlar: @PsychMems
Subscribers
246
Photos
911
Videos
125
Links
371

Showing posts older than #1102 · Back to latest

Older Posts 20 shown
Post #1101 379
​​Inson bosh miyasi hali hanuz biz bilmaydigan ko’plab sir-sinoatlarga ega, ammo tadqiqotchilar uning qanday ishlashi borasida bir qancha qiziqarli faktlarni aniqlagan. Quyida e’tiboringizga miyani yanada chuqurroq o’rganishni boshlab olishingiz uchun to’qqizta qisqa fakt havola etiladi.
Telegraph Bosh miya haqida 9 qisqa fakt 1. U siz o’ylaganingizdan ko’ra og’irroq Katta yoshli inson bosh miyasining o’rtacha og’irligi taxminan 3 funtni tashkil etadi va ayollarga qaraganda erkaklarning bosh miya hajmi nisbatan kattaroq bo’ladi. U, shuningdek, tanamizdagi eng yirik va eng yog’li…
Post #1100 363
Turfa xil Jismlarning o'lchamlari nisbati: kichik xromosomalardan tortib butun koinotgacha...
Post #1099 339
​​"Jahl otiga minish va tushkunlikka tushish oson va bu har kimning qo’lidan keladi; ammo, kerakli odamga kerakli miqdorda, zarur vaqtda, to'g'ri niyatda va to'g'ri yo'lda ishlatish oson emas va bu har kimning ixtiyoridagi kuch ham emas."

-Aristotel

@getpsychedup
Post #1098 474
​​Xonadoningizdagi ranglar kayfiyatingizga qanday ta'sir ko'rsatadi?

Pablo Pikasso shunday degan edi, "Naqshin bezaklar singari ranglar ham hissiyotlarga qarab o'zgaradi." Bu holat rassomlar, dizaynerlar, reklama beruvchilar va hattoki psixologlarga ham juda yaxshi tanish. Muayyan ranglar kishida oldindan taxmin qilsa bo'ladigan tug'yonlarni uyg'otadi va hattoki qon bosimi, ishtaxa o'zgarishi va ko'z toliqishi bilan aloqador ekanligi tasdiqlangan. Rang - uyingizda o'zingizni qanchalik shinam muhitda his qilishingizda yetakchi rol o'ynaydi. Uyingizni butunlay yangitdan ta'mir qilasizmi yoki biror qismiga jilo berasizmi, rang tanlash chog'ida quyidagilarga ahamiyat bering.

🔴 Qizil rang Qizil energiyaga boy rang. U ko'zga tashlanuvchan va e'tibor talab rang. U qon bosimini oshirish xususiyati va xatar bilan aloqador ekanligi tasdiqlangan. Ammo undan did bilan foydalanilsa, insonni muloqot va suhbatga tortishda stimulyator vazifasini o'tashi mumkin. Bu rang yotoqxona uchun yaxshi tanlov bo'lmasa-da, jamoat joylarida ko'ngilochar maqsadlarda foydalanish mumkin.

🟠 Apelsin rang
Apelsinrang qizil rang uyg'otuvchi ehtiros va sarosimasiz sizni harakatga undovchi stimulyator vazifasini o'tay oladigan rang. Shu sababli ham apelsinrang, ayniqsa uyingizga kuz jilosini bermoqchi bo'lsangiz, sizga bu borada asqatadi. Bolalar o'ynaydigan xona va mashq qilish zallari uchun yaxshi rang.

🟡 Sariq rang
Bu rang oftob va baxt ranggi. U siz ertalab foydalanadigan xonalar, misol uchun vanna, nonushta xonasi va yo'lak uchun mos tanlov. Bu rang qanchalik quvnoq rang bo'lmasin, undan ehtiyotkorlik bilan foydalangan ma'qul, negaki to'q sariq rang hadik va jahl hissini uyg'otishi mumkin.

🟢 Yashil rang
Ruhiyatga xush yoquvchi yashil ko'zga yaqin rang hisoblanadi. U tabiatning istalgan manzilida borligi sababli charchoq yozadigan uy uchun ideal rang hisoblanadi. U kishiga xotirjamlik, osoyishtalik va mayinlik bag'ishlaydi.

🔵 Ko'k rang
Ko'k - yupatuvchi rang. Okean va osmonning mayinlik baxsh etuvchi ranggi qon bosimi va yurak urishi tezligini pasaytirishi tasdiqlangan, bundan kelib chiqib uni yotoqxona va vanna uchun foydali rang, deyish mumkin. To'q tondagi - aytaylik binafsha va och moviy rang - oilaviy xona hamda ochiq interyerdagi oshxonalar uchun mos.

🟣 Binafsha rang
Och va yumshoq tusdagi binafsha navbatdagi nafis rang hisoblanadi. Ko'p yillardan buyon bunday rangga ayollarga xos rang sifatida qaralib kelingan va yotoqxona uchun lozim topilmagan. Undan o'zingizni spadagidek his etish uchun vanna interyerida oz-moz ishlatganingiz ma'qul. - Uiliyam Hirshning Charchoq yozadigan uy kitobidan. @getpsychedup
Post #1097 313

Forwarded from TED | Uzbek Language

Platsebo effektining samarasi

🔴 Platsebo effektining samarasi

🗣 Emma Brays

❗️Videoda subtitrlar orasidan o'zbek tilini tanlang❗️

📄 Platsebo effekti yetarlicha izohlanmagan fenomen bo'lib, unda ta'sir ko'rsatishi kutilmagan — va ko'pincha sohta — dorilar, muolajalar va davolash usullari mo'jizaviy ravishda insonning oyoqqa turishiga yordam beradi. Nimalar ro'y beryapti? Emma Brays platseboning g'ayrioddiy foydali jihatlari namoyon etayotgan sir-asrorlarni o'rganishga kirishadi.

Tarjimon: Aziza Pulatova

⏱ ~4 min
YouTube The power of the placebo effect - Emma Bryce View full lesson: http://ed.ted.com/lessons/the-power-of-the-placebo-effect-emma-bryce The placebo effect is an unexplained phenomenon wherein drugs, treatments, and therapies that aren’t supposed to have an effect — and are often fake — miraculously make…
Post #1096 305
Raqamli detoksatsiya mavzusiga aloqador ushbu qisqa filmni ko'rishingizni tavsiya qilaman: Ijtimoiy Hayot (Ijtimoiy tarmoqqa joylayotgan postingizdagi hayotda yashayapsizmi?) filmi doim o'zi yashashni orzu qilgan hayotda…onlayn umrguzaronlik qilayotgan Meredit ismli ayol haqida. Meredit sog’lom turmush tarzini yo’lga qo’yish, qattiq ishlash va do’stlari bilan aloqada bo’lib turish: muvozanatli hayot kechirishga intiladi. U kengroq doiradagi do’stlarni ham qamrab olgan ijtimoiy tarmoqda o’z “imidji”ni yaratmoqda. Ammo shunday kunlardan birida uyg’onib, uning asl qiyofasi, aslida, u boshqalar bilan bo’lishgan rasmlar kolleksiyasi ekanligini anglaydi. Mana shu uning hayotimi? Yoki u bor-yog’i puxtalik bilan tanlangan brendmi? Kerit Lemen tomonidan yaratilgan ushbu qisqa film ijtimoiy tarmoq depressiyasi haqida.

@pslog
YouTube A Social Life | Award Winning Short Film | Social Media Depression Are you living the life that you post? A Social Life is a short film about a career driven woman named Meredith who's living the life she's always dreamed of... online. Meredith strives to live a balanced life: staying fit, working hard and connecting with…
Post #1095 309
​​Muvaffaqiyatli pessimistni uchratganmisiz?


Optimizm va pessimizm, ular turfa xil dunyoqarashlar — bizning butun borlig’imiz shakl-u shamoyilini yaratuvchi va uni namoyon etuvchi qarashlardir. Negaki, bu haqda bir o'ylab ko'ring, xursand pessimistni uchratganmisiz?

Lo’nda qilib aytganda, bizning hayotga optimist yoki pessimist nigohda qarashimiz…

… o’tmishni qay yo’sinda talqin etishimiz.
… hozirgi vaqtga qanday qarashimiz.
… kelajakni qanday tasavvur qilishimizdir.

Optimizm va pessimizm o’rtasida va ularning sizga ko’rsatadigan ta’sirida ham keskin tafovutlar mavjud:

Nekbinlik sizda har kuni hayotga chanqoqlik uyg’otadi.
Badbinlik sizni chanqatadi.

Optimizm zarur tavakkalchiliklarga qo’l urishingizga yordam beradi. Pessimizm tinchgina bundan uzoqroq bo’la qoladi va ko’p narsalardan mosuvo bo’ladi.

Optimizm atrofingizdagi insonlarga qanot bag’ishlasa, pessimizm uni qayiradi.

Optimizm insonlarni yangi cho’qqilarni zabt etishga undaydi. Pessimizm ularni qadam yetmagan pastliklar qariga yetaklaydi.

Optimizm va pessimizm faqatgina bir masalada uyg’un fikrda: ularning har ikkalasi o’zlaricha haq. Agar siz optimist bo’lsangiz, ko’p hollarda hayotingizda yaxshi narsalar ro’y berishiga amin bo’lasiz. Va agar pessimist bo’lsangiz, ko’pdan-ko’p holatlarda o’zingizni noxush vaziyatlar tevaragida topasiz. Inson osongina optimist bo’la oladimi? Ha! Biz dunyoga har qanday nuqtai nazardan qaray olamiz. Kurrai zaminga boqib, yomonliklarni birma-bir sanashimiz yoki har bir vaziyatning yaxshi tomonini aytishimiz mumkin.

Optimist bo’lishning bir qancha foydali jihatlari mavjudligiga qaramay, “Lekin, bu voqeaga real nazar tashlamaslik” deydigan ayrim pessimistlar ham yo’q emas. Bu kimga qiziq? Qiyin ahvolda bo’lsangiz ham, hech bo’lmaganda bundan avval hayotdan zavqlanib, betashvish yashadingiz. Optimist inson bo’lib esa “salbiy” vaziyatga o’sish va o’rganish uchun imkoniyat sifatida qaray boshlaysiz. Shu tariqa siz hattoki qoqilishlarga ham quchoq ochishingiz mumkin, negaki ular sizning oyoqqa turishingizga tayanch va kelgusi muvaffaqiyatingizga tadbiq etilguvchi saboq vazifasini o’taydi.

Muvaffaqiyatli pessimistni uchratganmisiz? Optimist bo’lishga bel bog’lang va borlig’ingiz o’zgarishini o’z ko’zlaringiz bilan ko’ring.

@pslog
Post #1094 341
01. Touch The Sky.(www.agr.moy.su)Brave
Sovuq tunni yorib o’tgay o’q yoyim, men ham jo’shqin daryo, o’qdek uchaman, Qushdek parvozga shayman, qanotlarim yozib keng samoni quchaman.
🌊
Zulmat o’rmon qari yashirsa sirlar
Tog’lar mag’rur va egilmas bo’yin
Chuqur soylar so’ylar
unutilgan o’tmish hikoyalarin
🌊🌊
Ularning har bir hikoyasini tinglab
O’z orzularim qo’lidan qattiq tutaman
Dengizlar dovuli kabi kuchli bo’lib
Burgut qiyqirig’i kabi mag’rur turaman
🌊🌊🌊
Sovuq tunni yorib o’tgay o’q yoyim, men ham jo’shqin daryo, o’qdek uchaman, Qushdek parvozga shayman, qanotlarim yozib keng samoni quchaman. ©️

@pslog
Post #1093 290
Onajon, dunyodagi eng yaxshi qiz onasi bo'lish qandayligini bilasizmi?

Bilmasam, asalim, buni buvingdan so'rashing kerak.

@pslog
Post #1092 277
​​Mavsumiy affektiv buzilish (SAD yoki qishki depressiya deb ham ataladi) alomatlari ko’proq kuz va qishning sovuq va yomg’irli kunlarida kuzatilsa-da, u insonlarni kech bahor va yoz oylarida ham bezovta qilishi mumkin.
Telegraph Yozgi ma'yuslik Yoz fasli deyilganda, odatda, tuganmas quvonch to’la uzaygan kunlar, iliq harorat, ta’til va odatiy ish tartibidan tanaffus ko’z oldimizga keladi. Bularning bari quloqqa xush yoqadi! Unda nega o'zimni ma'yus tuyaman? Yoz fasli ayrim insonlarga mavsumiy depressiya…
Post #1091 334
​​O'zingizga bo'lgan ishonchni va kayfiyatingizni yaxshilamoqchimisiz?

Ushbu soddagina mashq yordamida kayfiyatingizni 90 sekund ichida yaxshilashingiz mumkin. Daxaningizni ko'tarib, jilmaying (bunday qilishni istamasangiz ham) Yelkalaringizni orqaga tortib, tik holatda va qo'llaringiz yon tomoningizga yoki bellaringizga qo’yib gerdayib turing. Oyoqlaringizni har ikkalasini old tomonga qaratgan holda vazningiz og’irligini ikkala oyoqlaringizga tushuring. Shu holatda 90 sekund tik turing.

Ilmiy tadqiqotlarning ko'rsatishicha, gavdangizni tik holatda tutsangiz va jilmaysangiz, siz o’ziga ishongan va baxtiyor inson qiyofasida namoyon bo’libgina qolmaysiz, balki o’zingizni haqiqatdan ham shunday his qilasiz. O’zimizni baxtli his qilmoqchi bo’lsak, ko’proq tabassum qilamiz. O’zimizga ishonchni his etmoqchi bo’lsak, unda gavdani tik tutib, yelkalarimizni orqaga tashlaymiz.

Ushbu gavda holatini atigi 90 sekund ushlab turish o’ziga ishonchni oshiruvchi testosteron moddasini oshirib, stress darajasini pasaytiruvchi kortizolni kamaytiradi.

Darvoqe, jilmayish, hattoki qalban emas, atayin qilingan tabassum ham kayfiyatni yaxshilovchi gormonlarni, bulardan dofamin, serotonin va endorfinlarni ko'proq ishlab chiqaradi.

@pslog
Post #1090 535
​​Jim Ron: Siz g’aroyib ishlarni amalga oshirishga qodirsiz

Hayotingizdagi ko’ngilsizliklar bilan yuzlashish va ularga barham berish haqida gap ketganda, muhim savol shunday: Buni o’zgartirish uchun, shu bugundan boshlab, nima qila olasiz?

Hammasi siz o’ylagandek bo’lmasa, nima qila olasiz? Cho’ntagingizda bir chaqa qolmasa, nima qila olasiz? Tushkunlikka tushsangiz, nima qila olasiz? Hammasi chipakka chiqsa, nima qila olasiz? Qo’lingizdan nima keladi?

Keling, to’liqroq javobni avval o’zim beray…

Nimaiki yuz berishidan qati nazar, siz eng g’aroyib ishlarni amalga oshirishga qodirsiz. Eng ilojsiz yoki musibatli vaziyatlarga tushishlariga qaramay, insonlar aql bovar qilmas, kutilmagan ishlarni amalga oshirishga qodir.

Nega insonlar g’aroyib ishlarni amalga oshirishga qodir? Chunki ular — g’aroyib. Insonlar boshqa mavjudotlardan farq qiladi. It begona o’tlar orasiga kirib qolsa, ularni payhon qilib tashlaydi. Negaki u it. Ammo inson bunday qilmaydi. Inson begona o’tlarni bog’larga aylantira oladi.
Biror narsadan ko’nglingiz to’lmasa, uni o’zgartiring. Biror nima istaklaringizga munosib bo’lmasa, uni o’zgartiring.

Insonlar yo’qni borga, chaqani xazinaga va musibatni muvaffaqiyatga aylantira oladi. Bunday g’aroyib ishlar qila olishiga sabab, ular g’aroyib mavjudotlardir. Qalbingizga quloq tutishga urining; bunday g’aroyib insoniy tuhflardan yanada ko’prog’ini topasiz. Ular shu yerda, kashf etilishni va naf keltirishni kutmoqda.

Bu tuhfalar yordamida siz o’zgartirmoq niyatida bo’lgan har neki bo’lsin, uni o’zgartira olasiz. Sizni shunga chorlayman, negaki siz o’zgartira olasiz. Agar biror narsadan ko’nglingiz to’lmasa, uni o’zgartiring, yetishmovchiligingiz bo’lsa, uni o’zgartiring. Biror nima istaklaringizga munosib bo’lmasa, uni o’zgartiring. Agar biror nimadan mamnun bo’lmasangiz, uni o’zgartiring. Agar vaziyat sizga yoqmasa, uni o’zgartiring! Siz daraxt emassiz. Kelasi kun o’sha-o’sha holatda turishga aslo majbur emassiz.

Agar bizni quvontiradigan yagona narsa nima, deb so’rasangiz, u bizdagi zarur ishlarni o’zimizga bajartira olish, ko’zlangan natijaga erishish, kamchiliklarni muvaffaqiyatga aylantirish qobiliyatimizdir. Va bu, g’aroyib.

@pslog
Post #1089 398
​​Juda ko'pchiligimiz ruhiy salomatlik bilan bog'liq oddiy jarohatlar olamiz, deydi Gay Uinch Psychology Todayda. U hissiyotlarimiz va ongimizga ham xuddi tanamizga g'amxo'rlik ko'rsatgandek e'tibor qaratishimiz kerakligini — zarurat tug'ilganda birinchi emotsional yordamni o'zimiz ko'rsatishimiz lozimligini ta'kidlaydi.
Telegraph Emotsional Birinchi yordam Oddiy ruhiy jarohatlarni davolash ahamiyati Vaqti-vaqti bilan mayda tana jarohatlari — shilinish, yaralanishlar og’rig’ini his etganimiz kabi oddiy ruhiy jarohatlar, misol uchun rad etilish yoki mag’lubiyatdan aziyat chekamiz. Ammo tana jarohati olganimizda…
Post #1087 308
​​Finlandiya ta’lim tizimi ancha yillardan buyon dunyodagi eng yuqori reytinglardan o’rin olib kelmoqda. Dunyo miqyosida yuqori ko‘rsatkichlarni qayd etishlariga qaramay, finlyandiyalik maktab o‘quvchilari avstraliyalik o’quvchi tengdoshlari singari darslarga u qadar ko‘p vaqt ajratishmaydi.

Sinfxonada muayyan fan qanday o’qitilishi, darsda texnologiyadan qay darajada foydalanilishini o’qituvchining o’zi hal qiladi.

11 yoshli Mintu Latimarki maktabda o’quvchilar tomonidan yurgiziladigan tamaddixonada ishlash uchun darsdan chiqishga ruhsat so’raydi. Finlandiyada kitoblar va maktab ekskursiyalari kabi tushlik ham bepul. O’quvchilar yeguliklarni o’zlari tanlashadi va taomni o’qituvchilar bilan birga tanovvul qilishadi, so’ngra o’z idishlarini o’zlari yuvib qo’yishadi. Maktabdan so’ng, kimdir futbol o’yiniga borsa, boshqalar basketbol o’yiniga borishadi va yana kimdir muz xokkey maydoni ochilishini kutadi. Sovuq va yomg’irli kunlar ham hisobga olinib stol tennisi, bilyard stoli va hattoki xonaning bir chekkasida Pley steyshn ham bor.

Bu maktab boshqa maktablardan ko’ra boyroq, demak ko’proq pul olsa kerak deb o’ylaysizmi? Unday emas. Ota-onalardan to’lov olish yoki maktab byudjetini yaratish ta’qiqlangan. Barcha maktablar soliqlar hisobiga teng moliyalashtiladi.

Finlandiya maktablarida imtixonlar muntazam ravishda o’tkaziladi, ammo uning natijalari chiqarilib, e’lon qilinmaydi. Ta’lim tizimida na elita va na “bo‘shroq” maktablar mavjud. Sinov natijalaridan maktab o’z faoliyatini baxolashda foydalanadi.

Ehtimol, ta’lim tizimida eng katta farq o’qitishda muayyan standarddan foydalanishidir. Levi ismli o’quvchining matematika o’qituvchisi besh tilda gaplasha oladi va magistr bosqichini ta’momlagan. “Agar chindan ham o’qituvchi bo’lish istagida bo’lsangiz, u sizdagi ikkinchi yoki uchinchi tanlov bo’la olmaydi. U sizning yagona tanlovingiz bo’lishi kerak,” deydi o’qituvchi Ona Arnez.

Maktab direktori Vesa Ayres shunday deydi, “Insonlarga ishonch bildiradigan tizimni barpo etishga harakat qiling, degan bo’lardim,” Va ishonchning ilk investitsiyasi o’qituvchilarga kiritilmog’i zarur.

@pslog
  • ❤ 1
Post #1086 20.9K
​​Har doim ijobiy kayfiyatda bo’lishingiz shart emas. Ma’yuslik, jahl, xafagarchilik, qo’rquv va bezovtalikni bamaylixotir his qilishingiz mumkin. Hissiyotlar mavjudligi sizni negativ inson qilib qo’ymaydi. Ular sizning inson ekanligingizdan dalolat beradi. (Lori Deshene)
Telegraph Hissiyotlar atlasi Dunyodagi osoyishtalikka erishish balandparvoz maqsaddek eshitilishi mumkin, ammo siz Dalay-Lama va Tibet Buddizmining eng ko’zga ko’ringan diniy shaxslardan birining o’rnida bo’lganingizda, “balandparvoz” so’zi biroz boshqacha ma’no anglatgan bo’lardi. Shunga…
  • 🎉 1
Post #1085 322
​​Hayotda eng muhimi, o'zingizga o'xshagan telba insonni topish, u bilan hattoki uyingizdagi suvaraklar ham do'stlashib ketsin!

@pslog
  • ✍ 1
Post #1082 412
​​"Ur yoki yugur" stress reaksiyasi atrofimizdagi stress va xavflarni yengishimizda o’ta muhim rol o’ynaydi. Xavf ostida qolganimizda ushbu reaksiya tanani kurashga yoki qochib qolishga hozirlaydi. Ammo "ur yoki yugur" stress reaksiyasi ham real, ham tasavvurdagi xavflar ta’siri ostida vujudga kelishi mumkin.
Telegraph Organizmdagi ur yoki yugur stress reaksiyasining ishlash mexanizmi Organizmdagi "ur yoki yugur" stress reaksiyasi (yoki affekt holati) biz uchun qandaydir tashvishlanarli yoki xatarli deb bilgan narsaga duch kelganimizda sodir bo’ladigan fiziologik reaksiya hisoblanadi.
  • 👍 1
Older posts →
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →