Jim Ron: Siz g’aroyib ishlarni amalga oshirishga qodirsiz
Hayotingizdagi ko’ngilsizliklar bilan yuzlashish va ularga barham berish haqida gap ketganda, muhim savol shunday: Buni o’zgartirish uchun, shu bugundan boshlab, nima qila olasiz?
Hammasi siz o’ylagandek bo’lmasa, nima qila olasiz? Cho’ntagingizda bir chaqa qolmasa, nima qila olasiz? Tushkunlikka tushsangiz, nima qila olasiz? Hammasi chipakka chiqsa, nima qila olasiz? Qo’lingizdan nima keladi?
Keling, to’liqroq javobni avval o’zim beray…
Nimaiki yuz berishidan qati nazar, siz eng g’aroyib ishlarni amalga oshirishga qodirsiz. Eng ilojsiz yoki musibatli vaziyatlarga tushishlariga qaramay, insonlar aql bovar qilmas, kutilmagan ishlarni amalga oshirishga qodir.
Nega insonlar g’aroyib ishlarni amalga oshirishga qodir? Chunki ular — g’aroyib. Insonlar boshqa mavjudotlardan farq qiladi. It begona o’tlar orasiga kirib qolsa, ularni payhon qilib tashlaydi. Negaki u it. Ammo inson bunday qilmaydi. Inson begona o’tlarni bog’larga aylantira oladi.
Biror narsadan ko’nglingiz to’lmasa, uni o’zgartiring. Biror nima istaklaringizga munosib bo’lmasa, uni o’zgartiring.
Insonlar yo’qni borga, chaqani xazinaga va musibatni muvaffaqiyatga aylantira oladi. Bunday g’aroyib ishlar qila olishiga sabab, ular g’aroyib mavjudotlardir. Qalbingizga quloq tutishga urining; bunday g’aroyib insoniy tuhflardan yanada ko’prog’ini topasiz. Ular shu yerda, kashf etilishni va naf keltirishni kutmoqda.
Bu tuhfalar yordamida siz o’zgartirmoq niyatida bo’lgan har neki bo’lsin, uni o’zgartira olasiz. Sizni shunga chorlayman, negaki siz o’zgartira olasiz. Agar biror narsadan ko’nglingiz to’lmasa, uni o’zgartiring, yetishmovchiligingiz bo’lsa, uni o’zgartiring. Biror nima istaklaringizga munosib bo’lmasa, uni o’zgartiring. Agar biror nimadan mamnun bo’lmasangiz, uni o’zgartiring. Agar vaziyat sizga yoqmasa, uni o’zgartiring! Siz daraxt emassiz. Kelasi kun o’sha-o’sha holatda turishga aslo majbur emassiz.
Agar bizni quvontiradigan yagona narsa nima, deb so’rasangiz, u bizdagi zarur ishlarni o’zimizga bajartira olish, ko’zlangan natijaga erishish, kamchiliklarni muvaffaqiyatga aylantirish qobiliyatimizdir. Va bu, g’aroyib.
@pslog
Post #1090
535