TGViewer
𝑀𝑒𝑑𝑖𝑢𝑚’𝑑𝑎𝑔𝑖 𝐴𝑧𝑖𝑧𝑎 𝑀𝑒𝑑𝑖𝑢𝑚’𝑑𝑎𝑔𝑖 𝐴𝑧𝑖𝑧𝑎 @pslog · 246 subscribers
Post #1098 474
​​Xonadoningizdagi ranglar kayfiyatingizga qanday ta'sir ko'rsatadi?

Pablo Pikasso shunday degan edi, "Naqshin bezaklar singari ranglar ham hissiyotlarga qarab o'zgaradi." Bu holat rassomlar, dizaynerlar, reklama beruvchilar va hattoki psixologlarga ham juda yaxshi tanish. Muayyan ranglar kishida oldindan taxmin qilsa bo'ladigan tug'yonlarni uyg'otadi va hattoki qon bosimi, ishtaxa o'zgarishi va ko'z toliqishi bilan aloqador ekanligi tasdiqlangan. Rang - uyingizda o'zingizni qanchalik shinam muhitda his qilishingizda yetakchi rol o'ynaydi. Uyingizni butunlay yangitdan ta'mir qilasizmi yoki biror qismiga jilo berasizmi, rang tanlash chog'ida quyidagilarga ahamiyat bering.

🔴 Qizil rang Qizil energiyaga boy rang. U ko'zga tashlanuvchan va e'tibor talab rang. U qon bosimini oshirish xususiyati va xatar bilan aloqador ekanligi tasdiqlangan. Ammo undan did bilan foydalanilsa, insonni muloqot va suhbatga tortishda stimulyator vazifasini o'tashi mumkin. Bu rang yotoqxona uchun yaxshi tanlov bo'lmasa-da, jamoat joylarida ko'ngilochar maqsadlarda foydalanish mumkin.

🟠 Apelsin rang
Apelsinrang qizil rang uyg'otuvchi ehtiros va sarosimasiz sizni harakatga undovchi stimulyator vazifasini o'tay oladigan rang. Shu sababli ham apelsinrang, ayniqsa uyingizga kuz jilosini bermoqchi bo'lsangiz, sizga bu borada asqatadi. Bolalar o'ynaydigan xona va mashq qilish zallari uchun yaxshi rang.

🟡 Sariq rang
Bu rang oftob va baxt ranggi. U siz ertalab foydalanadigan xonalar, misol uchun vanna, nonushta xonasi va yo'lak uchun mos tanlov. Bu rang qanchalik quvnoq rang bo'lmasin, undan ehtiyotkorlik bilan foydalangan ma'qul, negaki to'q sariq rang hadik va jahl hissini uyg'otishi mumkin.

🟢 Yashil rang
Ruhiyatga xush yoquvchi yashil ko'zga yaqin rang hisoblanadi. U tabiatning istalgan manzilida borligi sababli charchoq yozadigan uy uchun ideal rang hisoblanadi. U kishiga xotirjamlik, osoyishtalik va mayinlik bag'ishlaydi.

🔵 Ko'k rang
Ko'k - yupatuvchi rang. Okean va osmonning mayinlik baxsh etuvchi ranggi qon bosimi va yurak urishi tezligini pasaytirishi tasdiqlangan, bundan kelib chiqib uni yotoqxona va vanna uchun foydali rang, deyish mumkin. To'q tondagi - aytaylik binafsha va och moviy rang - oilaviy xona hamda ochiq interyerdagi oshxonalar uchun mos.

🟣 Binafsha rang
Och va yumshoq tusdagi binafsha navbatdagi nafis rang hisoblanadi. Ko'p yillardan buyon bunday rangga ayollarga xos rang sifatida qaralib kelingan va yotoqxona uchun lozim topilmagan. Undan o'zingizni spadagidek his etish uchun vanna interyerida oz-moz ishlatganingiz ma'qul. - Uiliyam Hirshning Charchoq yozadigan uy kitobidan. @getpsychedup
More from @pslog
  1. Oct 9, 2026Agar Freyd, Alfred Adler yoki Karl Yung o‘z nazariyalarini o‘zbek xalq maqollari orqali if…
  2. Oct 5, 2026Fotih Duman allaqachon vafot etgan bo‘lsa kerak… Yozuvchining o‘zi aytishicha, u bilan yax…
  3. Sep 25, 2026“Nega menda shunaqa boʻlyapti?” “Nega ular yaxshi muloqot qila olmaydi?” “Menga qachon o'r…
  4. Sep 18, 2026Hayot ba’zan bir anjir daraxti misol qarshimizga mislsiz imkoniyatlarni chiqaradi. Biroq “…
  5. Sep 13, 2026“Ozorlama shirin joningni” Bir ko‘rgazmada ilig‘liq turgan bu sur’atda asl ismi Dino Segre…
  6. Sep 13, 2026photo post
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →