āāFinlandiya taālim tizimi ancha yillardan buyon dunyodagi eng yuqori reytinglardan oārin olib kelmoqda. Dunyo miqyosida yuqori koārsatkichlarni qayd etishlariga qaramay, finlyandiyalik maktab oāquvchilari avstraliyalik oāquvchi tengdoshlari singari darslarga u qadar koāp vaqt ajratishmaydi.
Sinfxonada muayyan fan qanday oāqitilishi, darsda texnologiyadan qay darajada foydalanilishini oāqituvchining oāzi hal qiladi.
11 yoshli Mintu Latimarki maktabda oāquvchilar tomonidan yurgiziladigan tamaddixonada ishlash uchun darsdan chiqishga ruhsat soāraydi. Finlandiyada kitoblar va maktab ekskursiyalari kabi tushlik ham bepul. Oāquvchilar yeguliklarni oāzlari tanlashadi va taomni oāqituvchilar bilan birga tanovvul qilishadi, soāngra oāz idishlarini oāzlari yuvib qoāyishadi. Maktabdan soāng, kimdir futbol oāyiniga borsa, boshqalar basketbol oāyiniga borishadi va yana kimdir muz xokkey maydoni ochilishini kutadi. Sovuq va yomgāirli kunlar ham hisobga olinib stol tennisi, bilyard stoli va hattoki xonaning bir chekkasida Pley steyshn ham bor.
Bu maktab boshqa maktablardan koāra boyroq, demak koāproq pul olsa kerak deb oāylaysizmi? Unday emas. Ota-onalardan toālov olish yoki maktab byudjetini yaratish taāqiqlangan. Barcha maktablar soliqlar hisobiga teng moliyalashtiladi.
Finlandiya maktablarida imtixonlar muntazam ravishda oātkaziladi, ammo uning natijalari chiqarilib, eālon qilinmaydi. Taālim tizimida na elita va na āboāshroqā maktablar mavjud. Sinov natijalaridan maktab oāz faoliyatini baxolashda foydalanadi.
Ehtimol, taālim tizimida eng katta farq oāqitishda muayyan standarddan foydalanishidir. Levi ismli oāquvchining matematika oāqituvchisi besh tilda gaplasha oladi va magistr bosqichini taāmomlagan. āAgar chindan ham oāqituvchi boālish istagida boālsangiz, u sizdagi ikkinchi yoki uchinchi tanlov boāla olmaydi. U sizning yagona tanlovingiz boālishi kerak,ā deydi oāqituvchi Ona Arnez.
Maktab direktori Vesa Ayres shunday deydi, āInsonlarga ishonch bildiradigan tizimni barpo etishga harakat qiling, degan boālardim,ā Va ishonchning ilk investitsiyasi oāqituvchilarga kiritilmogāi zarur.
@pslog
Post #1087
308