TGViewer
Channel Public Channel
𝑀𝑒𝑑𝑖𝑢𝑚’𝑑𝑎𝑔𝑖 𝐴𝑧𝑖𝑧𝑎

𝑀𝑒𝑑𝑖𝑢𝑚’𝑑𝑎𝑔𝑖 𝐴𝑧𝑖𝑧𝑎

@pslog

Psixologik Blog: https://medium.com/@azizapulatova

Psixologik memlar: @PsychMems
Subscribers
246
Photos
911
Videos
125
Links
371

Showing posts older than #1082 · Back to latest

Older Posts 20 shown
Post #1081 267
“Bir qarorga kela turib ham, keyinroq bu qaroringizni bemalol, o’zgartiraverishingiz mumkin. Fikringizni o’zgartirish sizda fikrlash qobiliyati mavjudligini bilishning eng ishonchli yo’lidir.”

— Uiliyam E. Levis

@pslog
Post #1080 269
​​Katta yoshli insonlarning uchdan biri yolg’izlikni boshdan kechiradilar. Tavakkal qilish va insonlar hayotimizga kirishlariga izn berish vaqti yetdi, deb yozadi Kembridj Aholi Salomatligi Instituti fan doktori nomzodi Olivia Rimes The Conversationda
Telegraph Yolg’izlik — yuqumli, mana uni qanday yengish mumkin Yolg’izlik har uch nafar katta yoshli insonlarning birida uchraydigan odatiy hodisadir. U miyangiz, immun tizimingizni shikastlaydi va depressiya hamda suitsidga olib kelishi mumkin. Yolg’izlik xuddi tamaki singari yosh umringizni xazon qilish xatarini birmuncha…
Post #1078 251
"Soatga termulmang; U nima qilayotgan bo'lsa, siz ham shuni bajaring. Davom eting."

©Sem Levenson

@pslog
Post #1077 352
​​2 daqiqalik chalg'ish

Salbiy fikrlashning eng nosog'lom va keng tarqalgan shakllaridan biri shilqim fikrlar deb ataladi.

Shilqim fikrlar tin olmay o’ylayverish degani. Rahbaringiz sizga o’shqirib berdi yoki auditoriyada professor sizni ahmoqqa chiqardi, yo do’stingiz bilan qattiq urushib qoldingiz va bu manzaraning xayolingizdan bir necha kunlab o’chmasligi, ba’zida haftalab davom etishidir.

Ko’ngilsiz voqealar to’g’risida bu yo’sinda o’ylayverish osongina odatga aylanishi mumkin va bu siz uchun qimmatga tushadi, chunki noxush va salbiy hislarga uzoq vaqt berilish natijasida o’zingizda klinik depressiya, alkogolizm, ovqat buzulishlari va hatto yurak hamda qon-tomir kasalliklari vujudga kelish xatarini birmuncha oshirasiz.

Muammo shundaki, shilqim fikrlarga berilish ehtiyojdek va o’ta zarurdek tuyilishi mumkin, shu bois bu odatdan voz kechish mushkul. Tadqiqotlarning ko’rsatishicha, bor-yog’i ikki daqiqaga o’zingizni chalg’itish o'sha daqiqadayoq shilqim fikrlardan qutulish uchun yetarli.

Agar boshingizda fikrlar girdobi aylanaversa, ulardan xalos bo'lish va o'zgacha fikrlash uchun biror chora ko'ring. Ta'sirli asar mutolaasiga sho'ng'ing yoki boshqa olamga eltuvchi biror film tomosha qiling. Mashq qiling. Yayov yurish uchun ko'chaga chiqing. Qisqa qilib aytganda, fikrlaringiz yo'nalishini ijobiyroq tomonga burish uchun siz bilgan usullarning barchasini sinab ko'ring. Salbiy fikrlarga qarshi kurashing.

Fikrlaringiz yo'nalishini atigi 2 daqiqa mobaynida o'zgartira olsangiz, shilqim fikrlarning destruktiv siklidan xalos bo'lasiz. Salbiy fikrlashga qarshi kurashish orqali ruhiy jarohatingizni tuzatibgina qolmaysiz, balki o'zingizda ruhiy chidamlilikni yaratasiz, o’sa boshlaysiz. ✌️

@pslog
Post #1076 238
Post #1075 384
Yapon maqollari 💮

1. 自業自得

Tarjimasi: “Kishining ko’rgan foydasi uning sa’y-harakatidandir.”

Ma’nosi: “Nimani eksang, shuni o’rasan.” degan maqol bilan ma’nodosh. Har kim qilgan ishlarining oqibati bilan vaqti kelib yuzlashadi.

2. 十人十色

Tarjimasi: “O’n odam, o’n rang”

Ma’nosi: “Har kim o’z bilganidan qolmaydi” Har kimda har xil did va nafosat bor— va bu yomon emas.

3. 起死回生

Tarjimasi: “O’limdan uyg’on va hayotga qayt”

Ma’nosi: Ko’ngilsiz hodisa yoki ilojsizlikni muvaffaqiyatga aylantir.

4. 我田引水

Tarjimasi: “Suvni o’z guruch dalam tomon tortmoqdaman.”

Ma’nosi: O’z manfaatlari doirasida harakat qilish yoki so’zlash.

5. 悪因悪果

Tarjimasi: “Yovuzlikka yovuzlik qaytadi”

Ma’nosi: “Ekkaningni o’rasan.”ni boshqa bir varianti. Bunisi o’ta aniq va karmaga ishora qilmoqda.

6. 見ぬが花

Tarjimasi: “Ko’rmadingmi, demak u gul.”

Ma'nosi: Yaponiyada gullar tasavvur, latofat va xushmuomalik ramzi. Maqolning ma’nosi “Tasavvur haqiqat bo’la olmaydi.”

7.七転び八起き

Tarjimasi: “Yetti bora yiqilar, sakkizida o’rnidan turar.”

Ma’nosi: “Boshida hech nimaga erishmasang, bunga chidash mag’lubiyatdan ko’ra yaxshiroq”

8. 二兎を追う者は一兎をも得ず。

Tarjimasi: “Ikki quyonning ortidan yugurgan bittasiniyam tuta olmaydi.”

Ma’nosi: Bir vaqtda ikkita ishni qilishga urinsangiz, har ikkisini ham qila olmaysiz. Yoki Ron Svenson so’zlari bilan aytganda, “Ikkita ishni aslo chala qilmang. Bittasini mukammal qiling.”

9.猿も木から落ちる。

Tarjimasi: “Maymunlar ham daraxtdan qulaydi.”

Ma’nosi: “Hammayam xato qiladi.” deyishning o'ta hazilomuz yo’li.

@pslog
Post #1074 232
Hayotda eng achinarlisi yakka-yu yolg'iz qolish, deb o'ylardim. Unday emas ekan. Hayotda eng achinarlisi sizga yakka-yu yolg'izligingizni his ettiradigan insonlar bilan qolish ekan..

- Hangoma ustasi Robin Uiliyams Dunyoning eng buyuk dadasi filmidan

@pslog
Post #1073 334
Post #1072 212
​​Beminnat do'st

E'tibor berganmisiz-yo'qmi, bilmadim-ku, sizning sadoqatda tengsiz do'stingiz bor. Qachon xohlasangiz siz bilan hamsuhbat bo'ladi. Shod paytingizda quvonchingizga quvonch qoʻshadi. G'amgin pallada dardingizni oladi. Bilmaganingizni o'rgatadi. Adashsangiz, to'g'ri yoʻl koʻrsatadi. Yaqin kishilaringiz burilib ketganida ham u sizni tark etmaydi. Xizmati uchun hech nima tama qilmaydi. Yillab unutib, tashlab qo'ysangiz indamaydi. Hatto uloqtirib yuborsangiz ham arazlamaydi. Tag'in chorlasangiz, yetib kelib, xizmatingizni qilaveradi...
...Bu do'stning nomi - Kitob!

@pslog
Post #1070 226
​​Tush ichidagi tush | Ibtido

Aytishlaricha, "Ibtido" filmi sahnasini yozishga Kristofer Nolen umrining o'n yilini sarflagan ekan. Bu xuddi tarang tortilgan arqon ustida yurib ko'zlari yumuq holatda shaxmat o'ynash kabi tug'ma qobiliyatli diqqatsiz amalga oshmasa kerak.

Filmning bosh qahramoni yosh arxitektorga labirint yaratish topshirig'ini berish orqali uni sinab ko'radi va Nolan o'zi yaratgan betakror labirint sinoviga bizni yo'llaydi.

Xuddi ushbu film qahramoni kabi tomoshabin ham vaqt va kechinmalar sayohatida yuradi. Tush ko'rish yoki real voq'elik o'rtasidagi munosabatlar nima asosiga qurilgani to'g'risida aniq bir qarorga sira kela olmaymiz. Film qahramoni tushingiz avvalini hech qachon eslay olmasligingizni ta'kidlaydi va soatlab davom etuvchi bu tushlar bor-yog'i qisqa vaqtlarda ro'y berishi mumkin. Ha, ammo tush ko'rayotgan vaqtingizda sizda bu to'g'risida hech qanday shubha bo'lmaydi. Boshqa birovning tushida yurgan bo'lsangiz-chi? Uning tush ko'rish vaqti sizniki bilan qanday qilib mos kelishi mumkin? Aslida nimalarni bilasiz?

Filmda penrouz uchburchagi, ong osti, tush va voq'elik va yana ko'plab psixologik terminlarga ustamonlik bilan izoh berilgan.

Quyida film haqida oz-moz tasavvur uyg'otuvchi ta'sirchan iqtiboslardan ayrimlarini o'qiysiz:

1. Tushlar haqiqiydek tuyiladi. Uyg'onganimizdan so'nggina aslida qandaydir g'alati voq'elikni his qilamiz.

2. - Nega tush ko'rish shunchalar muhim?
- Chunki tushlarimda, biz haliyam birgamiz..

3. G'oya miyada o'rnashib olgandan so'ng, uni o'chirib tashlashning deyarli imkoni yo'q.

4. Eng yashovchan parazit nima? Bakteriya yoki virusmi, ichak qurtimi? G'oya. U yashovchan va o'ta yuqumli. G'oyaning kichkina urug'i ham o'sish qobiliyatiga ega. G'oya miyaga kirib olgandan keyin, undan chinakamiga qutulib bo'lmaydi. Men shakllangan va ongli qabul qilingan g'oyani nazarda tutyapman, miyadan o'rin olganini...

@pslog
Post #1068 211
​​"Kitob o‘qiyotgan qizni ko‘rib qolsangiz, qo‘yib yubormang. Yarim kechasi o‘qigan romanidan ta’sirlanib yig‘lab o‘tirganini ko‘rsangiz, issiq choy damlab bering va bag‘ringizga bosib yupating. Shunda u doim sizning yoningizga qaytadi. Romanlarining qahramonlari haqiqiy ekanini to‘lib-toshib gapiradi... Kitob o‘qiyotgan qizni qo‘yib yubormang, aksincha, muhabbatiga sazovor bo‘ling. Tasavvuringizdagidan chandon yorqinroq hayotni sizga taqdim etajak bu qizning muhabbatiga albatta sazovor bo‘ling.
Qalbingizda va atrofda tinchlik bo‘lishini istasangiz, kitob o‘qiyotgan qizni qo‘yib yubormang".

(Robert Pattinson, aktyor)


@pslog
Post #1067 206
Post #1066 208
​​Menimcha, atrofdagilarning fikriga ergashib bir yutuqqa erishasiz - sizni o'zingizdan boshqa hamma yoqtiradi.

-Rita Mae Broun

@pslog
Post #1065 195
Yurak va aql (janggi)

Ikki kuch bor —
Yurak va aql

Ikki yonga tortuvchi meni,
Ular bundoq bo’lsa noahil,

Qaybirining tutay izmini?

Meni bir yon boshlasa aqlim,
Boshqa yonga yetaklar yurak.

Bilolmayman, qay biri haqli,
Qaybiriga ishonmoq kerak?
(Erkin Vohidov)

Hissiy intellektingizni rivojlantirishning 7 sodda usuli
Telegraph Hissiy intellektingizni rivojlantirishning 7 sodda usuli Hissiy intellekt inson resurslarini boshqarish seminarlari, yetakchilik guruhlari va qo’shma trening seanslarning yetakchi mavzusiga aylandi va bu bejizga emas. Ilmiy dalillar ishdagi mahsuldorlikda hissiy intellektning o‘rni ulkan ekanligini ko‘rsatmoqda.…
Post #1064 197

Forwarded from TED | Uzbek Language

Tabassumning yashirin qudrati

🔴 Tabassumning yashirin qudrati

🗣 Ron Gatmen

❗️Videoda subtitrlar orasidan o'zbek tilini tanlang❗️

📄 Ron Gatmen tabassum mavzusida bir qancha tadqiqotlarni ko'zdan kechirib, ba'zi kutilmagan natijalarni oshkor qiladi. Yuzingizdagi tabassum qancha umr ko'rishingizni oldindan aytib berishi mumkinligini -- va aynan shu oddiygina tabassum umumiy salomatligimizga muayyan darajada ta'sir ko'rsatish kuchiga ega ekanligini bilardingizmi? Evolyutsion jihatdan yuqumli sanalgan bu fe'l-atvorni o'rganish davomida bir-ikkita yuz mushaklaringizni mashq qildirishga hozirlang.

Tarjimon: Aziza Pulatova

⏱ ~7 min
YouTube The hidden power of smiling | Ron Gutman http://www.ted.com Ron Gutman reviews a raft of studies about smiling, and reveals some surprising results. Did you know your smile can be a predictor of how long you'll live -- and that a simple smile has a measurable effect on your overall well-being? Prepare…
Post #1062 214
Older posts →
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →